AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar loyihasini koʻrib chiqmoqda

462
0
Capitol Hill Building closeup shot, Washington DC.

AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar loyihasini koʻrib chiqmoqda

Amerikalik senatorlari Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritish haqida qonun loyihasini kiritishdi. Bu haqida RIA “Novosti” xabar qilmoqda.

“AQSH saylovlariga aralashuv”, “Suriyada zararli taʼsir” va “Ukrainadagi tajovuz”, shu jumladan Kerch boʻgʻozidagi holat uchun cheklovlar kiritish taklif qilinmoqda.

Moskva bu masalalar boʻyicha ayblarni rad etib kelmoqda.

Qonun loyihasida Rossiya banklariga qarshi saksiyalar qoʻllash koʻzda tutilgan. Shuningdek, Rossiyadan tashqaridagi suyultirilgan tabiiy gaz loyihalari va iqtisodiyotning kibersektoriga qarshi choralar koʻrish nazarda tutilgan.

Shu bilan birga, Rossiya suveren qarzi bilan bogʻliq yangi kelishuvlar va Rossiya rahbariyati nomidan korrupsion faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslarga sanksiyalar kiritish rejalashtirilgan. Bundan tashqari, Rossiyada neft xomashyosini ishlab chiqarishga qarshi sanksiyalar kiritish taklif qilingan.

Qonun loyihasi “Kerch boʻgʻozidagi holatga aloqador boʻlgan 24 ta FXX agentlariga” sanksiyalar kiritish taklif qilingan.

Yana bir taklif – Kerch boʻgʻozidagi kema yurish erkinligi tamoyillari buzish holatlarida Rossiya kemalar qurish sektoriga qarshi sanksiyalar qoʻllaniladi.

Bundan tashqari, senatorlar AQSH Davlat departamentiga Rossiya terrorizm homiy-mamlakat ekanligi haqida xulosa tayyorlash taklif qilindi. Shuningdek, siyosatchilar Vladimir Putinning aktivlari va Boris Nemsov qotilligi haqida bayonot tayyorlash taklif qilindi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.