Ashraf Gʻani “Tolibon”ga mamlakatda ofis ochishga ruxsat berishga tayyorligini bildirdi

736
0

Ashraf Gʻani “Tolibon”ga mamlakatda ofis ochishga ruxsat berishga tayyorligini bildirdi

Afgʻoniston prezidenti Ashraf Gʻani “Tolibon” harakati aʼzolariga Qobul, Nangarhor yoki Qandahorda ofis ochishga ruxsat berishga tayyorligini bildirdi.

“Agar “Tolibon” ofis ochishni istasa, uni ertagayoq Qobulda, Nangarhor yoki Qandahorda ochishga ruxsat beraman”, – deb aytgan Gʻani Nangarhor viloyatiga tashrifi vaqtida. “Biz mamlakatda mustahkam va munosib tinchlikni taʼminlaymiz”, deb qoʻshimcha qilgan prezident.

Maʼlum qilinishicha, toliblar vakillari oʻtgan hafta bir qator talablar orasida, rasmiy ofisi boʻlishi kerakligi muhimligini taʼkidlab oʻtgan. Harakatning rasmiy vakili Suxayl Shoxinning taʼkidlashicha, toliblar Qatardagi ofisining xalqaro hamjamiyat tomonidan tan olinishi lozim, deb hisoblaydilar.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.