2018 yilda militsionerlar tomonidan sodir etilgan 7369taqonunbuzarlik faktlari qayd etildi

88
0

2018 yilda militsionerlar tomonidan sodir etilgan 7369taqonunbuzarlik faktlari qayd etildi

Sputnik matbuot markazi uyushtirgan matbuot anjumanida Qirgʻiziston IIVning oʻrinbosari Konok Oskonbayev, “militsiya xodimlarining barchasini ishdan haydab yuborish kerak” degan fikrga qoʻshilmasligini bildirdi.

“Men ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalib borayotgan, “butun militsiya xodimlarini ishdan haydash kerak” degan fikrga qarshiman. Ularni haydash uchun asos boʻlishi kerak. Biz ularning konstitutsion haq-huquqlarini poymol qila olmaymiz. Har bir xodimni ishdan haydash alohida asoslarga tayangan boʻlishi kerak. Buning uchun juda katta xarajat kerak, ularga kompensatsiya toʻlanishi kerak boʻladi” dedi Oskonbayev.

Yuqoridagi organ xodimlari tomonidan qoʻlga olingan rasmiy jinoyatchilarning soni, mamlakatdagi umumiy militsiya xodimlari sonining qariyb yarmiga teng. Qoʻlga olinmagan jinoyatlari bundan bir necha barobar koʻp!

Oskenbayev toʻgʻri aytdi, har bir jinoyat uchun shaxslarga alohida muomala qilinishi, yaʼni asos va dalillar bilan yondoshilishi kerak. Lekin bu qonun va normalar militsiya, prokurotura, sud yoki hukumatga qarshi umumiy ishonchsizlik bildirishga asos boʻlmaganidek, Islom va Musulmonlarga ham tegishli boʻlishi shart emasmi! Nega islomiy hizb yoki jamoalar ustidan umumiy sud qarori chiqariladi. Ularning umumiy islomiy daʼvat va siyosiy harakatlari uchun yoki bir nechta aʼzosining harakatlari uchun hali qoʻlga olinmagan barcha aʼzolariga “ekstremist va terrorist” tamgʻasi bosilyapti. Vaholangki ular shu militsiya xodimlarining yollovchilaridir. Yaʼni har bir daʼvatchi davlatga soliq va boshqa toʻlovlar toʻlash bilan bu organ xodimlarini umumiy yollovchilari hisoblanishadi. Nega bunday ikki standartli muomala yuritilmoqda?!

Hizb ut-Tahrir ustidan Qirgʻiziston sudi “ekstremist” deb qaror chiqardi. Vaholangki Hizb aʼzolari tomonidan birorta ham moddiy jinoyat sodir etilgani qayd etilgan emas! Yana bir necha oʻnlagan islomiy jamoalar ustidan sudning hukmi bilan bir tomonlama hukm chiqarildi, yaʼni ularni hatto xabardor qilmay, ishtirok etishlariga sharoit yaratib bermay, ularga “terrorist va ekstremist” tamgʻalari bosildi. Yaqinda SHOS va ODKB kabi tashkilotlar bosimi ostida “Tabligʻ jamoasi” ham “ekstremist” tizmasi ostiga kiritilishi kutilyapti.

Hukumat va uning qoʻl ostidagi xavfsizlik xodimlari esa, uyalmay, bizga ishoninglar, biz chiqargan hukmlarga soʻzsiz itoat qilinglar, organ xodimlarini ustidan yoppa baho bermanglar demoqchi boʻlishyapti. Vaholanki ikkilanmay ular ustidan yoppa baho bersak adashmagan boʻlamiz! Ular oyoqlaridan boshlarigacha korrupsiya botqogʻiga botib boʻlishdi. Shu botil ustida turib, ular Islom va Musulmonlarga qarshi kurashishda davom etishyapti.

Abdurazzoq.

Javob qoldiring:

Please enter your comment!
Please enter your name here

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.