Karamushkina Islomiy tadqiqod institutini Tabligʻ nomini targʻib qilishda aybladi

222
0

Karamushkina Islomiy tadqiqod institutini Tabligʻ nomini targʻib qilishda aybladi

Irina Karamushkina Jogorku keneshda Islomiy tadqiqod institutini Tabligʻ jamoatining nomini va daʼvatini targʻib qilishga oʻz hissasini qoʻshishda aybladi.

Islomiy tadqiqod instituti tomonidan oʻtkazilgan ijtimoiy soʻrovlar natijasining eʼlon qilinishi Karamushkinaning eʼtiroziga sabab boʻldi. Soʻrovlar Qirgʻiziston yoshlari orasida oʻtkazilgan boʻlib, ularning Islom diniga va islomiy jamoalarga boʻlgan munosabatlari haqida olib borilgan edi. Karamushkinaning bildirishicha, ijtimoiy soʻrovlar natijasida yoshlar orasida Islom diniga va “Tabligʻ” jamotiga nisbatan ijobiy munosabat yuqori foizni tashkil etganining matbuotda elon qilinishi uni tashvishga solgan.

Karamushkina har safar Rossiyaning Qirgʻizistonda taʼsir quvvati oshib borayotganida, hokimiyatni yoki uning islomiy muhitga nisbatan munosabatlarini tanqid qilishga harakat qila boshlaydi. Uning maqsadi, Putinni Qirgʻizistonga tashrifi oldidan Qirgʻiz hukumatini din va dindorlarga nisbatan muomalasini keskinlashtirishga qaratilgan. Yaʼni Rossiya harbiy, siyosiy, iqtisodiy aloqalarini rivojlantirish evaziga Qirgʻiziston hukumatidan diniy qadriyatlarimizga, shuningdek Tabligʻ singari islomiy jamolarga nisbatan muomalalarini keskinlashtirishni talab qilmoqchi. Shuningdek, Rossiya Markaziy Osiyoda oʻzining taʼsir quvvatini oshirish uchun, islomiy jamoalar tomonidan kelishi mumkin boʻlgan qalbaki vahimalar paydo qilish taktikasini qoʻllaydi. Karamushkinaning bayonoti ham Rossiyaning shu uslubiga paralel yoʻnaltirilgan.

Rossiya Qirgʻiziston hukumatining Islom va Musulmonlarga nisbatan keskin va qattiqqoʻl siyosat olib borish tarafdoridir. Ular Qirgʻizistondan Tabligʻ jamoatini “ekstremistik” tashkilotlar roʻyxatiga kigizishini talab qilishadi. Rossiya mamlakatimizda harbiy mustamlakasini kuchaytirmoqchi. U mamlakat janubida yana bir harbiy baza qurishni rejalashtiryapti. Demak Rossiya ichki ishlarimizga aralashib, hokimiyatni oʻziga manfaatli tomonga yurishga majburlay boshladi. U islomiy muhitni jamiyat uchun qoʻrqinchli qilib koʻrsatish ortidan, mintaqada parokandalik paydo qilish bilan xavfsizlik tomonidan bizni oʻziga nisbatan muhtojligimizni kuchaytirib borishdan manfaatdor.

Rossiya Karamushkina singari bir qator rusparast siyosatchilar vositasida jamiyat ichida ushbu rejalarini rivojlantirishga harakat qiladi. Ular, islomiy jamoalar va islomiy muhitni jamiyatimizga ulkan xavf xatar olib kelayotgandek koʻrsatish uchun bor imkoniyatlari bilan harakat qilishadi. Demak biz musulmonlar, kufr manfaati ostida ish olib borishimiz yoki kufrga tilyogʻlamachilik qilib, u bilan murosa qilish maqsadida bir birimizni jamiyatda obroʻysizlantiradigan harakatlardan tiyilishimiz kerak! Chunki Karamushkina Tabligʻ jamoatigagina emas, butun Islomga qarshidir! Tabligʻni bartaraf qilish bilan ular toʻxtab qolishmaydi! Bunga Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Tojikiston hamda Sharqiy Turkistonda bir toifa musulmonlar kufr bilan murosa qilib, boshqa toifalarga qarshi xoinlik qilishlari oqibatida nimalar yuz berganiga guvoh boʻldik! Alloh saqlasin.

Abdurazzoq.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.