Jozef Votel: Oʻzbekiston AQSHdan xarid qilmoqchi boʻlgan tizimlar va uskunalar roʻyxatini taqdim etdi

714
0

Jozef Votel: Oʻzbekiston AQSHdan xarid qilmoqchi boʻlgan tizimlar va uskunalar roʻyxatini taqdim etdi

Qoʻshma Shtatlar Markaziy Osiyo mamlakatlari Rossiyadan harbiy xaridlarni toʻxtatishi va AQSH bilan shartnomalarga eʼtibor qaratishiga erishmoqchi. Bu haqda seshanba kuni AQSH Kongressi Senatining qurolli kuchlar ishlari boʻyicha qoʻmitasidagi eshituvlarda AQSH QK Markaziy qoʻmondonligi (SЕNTKOM) boshligʻi general yozma kirish soʻzida maʼlum qildi.

“Biz Markaziy Osiyo mamlakatlarini Rossiyadan harbiy xaridlarni amalga oshirishdan uzoqlashtirishga harakat qilmoqdamiz, ammo Amerika tizimlariga boʻlgan yuqori narxlar bundan keyin ham Qozogʻiston kabi mamlakatlar uchun muammo tugʻdiradi”, – dedi u.

“Oʻzbekiston oʻz harbiy xaridlarini diversifikatsiya qilishdan manfaatdorligini bildirdi va xarid qilmoqchi boʻlgan Amerika tizimlari hamda uskunalari roʻyxatini taqdim etdi. Bunday manfaatdorlik Oʻzbekistonni Rossiyadan harbiy xaridlarni amalga oshirishdan uzoqlashtirish va munosabatlarimizni chuqurlashtirish uchun noyob imkoniyatdir”, – dedi Votel.

“Biz Tojikiston bilan harbiy sohadagi munosabatlarni mustahkamlashni davom ettirmoqdamiz, bu Moskva oʻz taʼsirini kuchaytirayotgani hamda mamlakat poytaxti yaqinidagi bazada harbiy ishtirokini kengaytirayotganiga qaramay yuz bermoqda”, – deya maʼlum qilgan general.

Turkiston:

Albatta mustamlakachi davlatlarning “uchunchi olam” davlatlarini qurollantirishga intilishi muayyan maqsadlar sari atayin yoʻnaltirilgan. Bu maqsadlar ichida, qurol sotish ortidan iqtisodiy, siyosiy, strategik va gyeosiyosiy manfaatlar bor. Bu manfaatlar bir tomonlama yoʻnalganida muammo unchalik xavfli boʻlmas edi. Lekin bir necha tomonlarning manfaati toʻqnash va bir biriga mutlaq qarama qarshi kelib qolganda, buning oqibati yaxshi boʻlmasligi mumkin. Ularning har biri oʻz manfaatlarini ilgari surib, mintaqadagi muayyan davlatlarni oʻz qarashlari tomon yetaklash maqsadida taʼsir ostidagi davlatlarni qurollantirishga intilishmoqda. Bu Oʻrta Osiyoda yashayotgan bir biriga qardosh xalqlar davlatlarining, bir birlari bilan oʻrtalaridagi barcha aloqalarining keskinlashib borishi hassa qoʻshishi mumkin.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.