Atambayev jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin

63
0

Atambayev jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin

Qirgʻizistonning sobiq prezidenti Almazbek Atambayev jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin. Bu haqda RIA “Novosti” xabar qilmoqda.

Xabarda aytilishicha, ushbu maʼlumotni Qirgʻiziston Xavfsizlik kengashi kotibi Damir Saginbayev payshanba kuni jurnalistlarga maʼlum qilgan.

“Agar sudda toʻgʻridan-toʻgʻri yoki shamali koʻrsatmalar yangrasa, u jinoiy javobgarlikka tortiladi, jinoiy ishlar qoʻzgʻatamiz”, – dedi Xavfsizlik kengashi kotibi matbuot anjumanida.

Biroq Saginbayev taʼkidladlashicha, agar mamlakat parlamenti tomonidan “daxlsizlik huquqidan mahrum qilish toʻgʻrisida tegishli qonunlar” qabul qilinsagina, shunday boʻlishi mumkin. Shu bilan birga u sudga yuborilgan jinoiy ishlarning koʻpida sobiq yuqori lavozimli amaldorlar nomlari borligini eslatib oʻtdi.

Javob qoldiring:

Please enter your comment!
Please enter your name here

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.