AbdusalomHanafi: AQSH aprel oyigacha Afgʻonistondan qoʻshinlarining yarmini olib ketishga vaʼda berdi

214
0

AbdusalomHanafi: AQSH aprel oyigacha Afgʻonistondan qoʻshinlarining yarmini olib ketishga vaʼda berdi

“Tolibon” harakati vakili Muallavi Abdusalom Hanafining maʼlum qilishicha, muzokaralar davomida AQSH aprel oyigacha Afgʻonistondan oʻz qoʻshinlarining teng yarimini olib chiqib ketishga vaʼda berdi. Bu haqida “Sputnik” xabar qilmoqda.

“Ha, amerikaliklar bizga AQSH fevral oyidan boshlab, aprel oyiga qadar Afgʻonistondan oʻz harbiylarining teng yarmini olib chiqib ketishini aytishdi”, – dedi jurnalistlarga “Tolibon” delegatsiyasi vakili Moskvada oʻtkazilgan anjumanda.

“Tolibon” harakati vakilining soʻzlariga koʻra, tomonlar AQSH harbiylari Afgʻonistonni tark etgach mamlakatda Islom hukumati, Islom konstitutsiyasini shakllantirishga rozilik bildirganlar.

Yanvar oyi yakunida AQSH prezidenti Donald Tramp agar mamlakatda vaziyatni tartibga solish boʻyicha tinchlik kelishuvlariga erishilsa AQSH oʻz qoʻshinlarini olib chiqib ketishga tayyor ekanligini maʼlum qilgan edi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.