Xartum shahrida Hizb ut-Tahrir–Sudan viloyati Allohning uyi boʻlmish barcha masjidlarda namozxonlarga qarata murojaat qilmoqda

499
0

Xartum shahrida Hizb ut-TahrirSudan viloyati Allohning uyi boʻlmish barcha masjidlarda namozxonlarga qarata murojaat qilmoqda

Hizb ut-Tahrir – Sudan viloyati Xartum shahrida 2019 yil 25 yanvar juma namozidan soʻng “Nur” jome masjidi sharqidagi maydonda namoyish uyushtirdi. Koʻp sondagi namozxonlar toʻplangan ushbu namoyishda Hizb ut-Tahrir aʼzolari roshid Xalifalik barpo etilishini talab qilib, hayqirib turdilar. Shuningdek, namoyishda quyidagi soʻzlar yozilgan bir nechta plakat koʻtarib chiqildi:

  • Baland ovozimiz bilan roshid Xalifalikni barpo qilish orqali Allohning shariati tatbiq qilinishini talab qilaylik.
  • Oʻzgartirishdan koʻzlangan maqsad – roshid Xalifalikni barpo qilish orqali Allohning shariatini tatbiq qilishdir.
  • Haqiqiy oʻzgarish (yaʼni Xalifalik) Robbingiz farzi, Rosulingiz A bashorati va kuch-qudratingiz manbaidir.
  • Ey Allohga imon keltirganlar, Islom tuzumini tatbiq qilish bilan haqiqiy oʻzgarishga yetakchilik qiling.

Namoyishda Hizb ut-Tahrir – Sudan viloyati rasmiy notigʻi ustoz Usmon Abu Xalil nutq soʻzladi. U kishi oʻz nutqida “Hizb ut-Tahrir – Sudan viloyati tomonidan Allohning uyi boʻlmish barcha masjidlardan turib namozxonlarga qarata yoʻllangan nido”ni yetkazdilar. Ustozimiz butun namozxonlarni Islom tuzumi va shariati tatbiq etilishini baralla talab qilishga hamda haqiqiy oʻzgarish uchun faoliyat qilayotganlarning birinchi safida turishga chaqirdi. Shuningdek, bu oʻzgarish zolim boshqaruvdan qutulib, Islom boshqaruviga – yaʼni, Paygʻambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik boshqaruviga – oʻtish bilangina amalga oshishini taʼkidladilar.

Abu Xalil Sudandagi Allohning uyi boʻlmish barcha masjidlar namozxonlari orasidagi qudrat va yordam ahliga alohida murojaat yoʻllash bilan tadbirni yakunladi. Unda jumladan bunday deyildi:

«Ey Sudandagi Allohning uyi boʻlmish barcha masjidlar namozxonlari safidagi qudrat va yordam ahli! Sizning burchingiz hayqirib, Islom tatbiqini talab qilishdangina yoki Islomni oʻrganish va oʻrgatishdangina iborat emas. Balki, Sizni gunohdan forigʻ etuvchi zimmangizdagi burchingiz – Allohning dini va shariatiga nusrat berishdir. Ushbu nusrat Paygʻambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalikni barpo etish uchun xolis insonlarga Islomni tatbiq etishlariga yordam berish bilan amalga oshadi. Siz kuch-qudrat ahli shunday qilsangiz, bu bilan Alloh Taolo

وَالسَّابِقُونَ الأَوَّلُونَ مِنَ الْمُهَاجِرِينَ وَالأَنْصَارِ وَالَّذِينَ اتَّبَعُوهُمْ بِإِحْسَانٍ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُمْ وَرَضُوا عَنْهُ وَأَعَدَّ لَهُمْ جَنَّاتٍ تَجْرِي تَحْتَهَا الأَنْهَارُ خَالِدِينَ فِيهَا أَبَداً ذَلِكَ الْفَوْزُ الْعَظِيمُ

«Muhojir va ansorlarning birinchi peshqadamlari va ularga chiroyli amallar bilan ergashgan zotlar — Alloh ulardan rozi boʻldi va ular ham Undan rozi boʻldilar. Yana (Alloh) ular uchun ostidan daryolar oqib turadigan, ular abadiy qoladigan jannatlarni tayyorlab qoʻydi. Mana shu buyuk baxtdir»[Tavba 100]

deya madh etgan oʻsha ansorlarning sifati bilan sifatlanasiz, oʻshalar olgan ajri azimga noil boʻlasiz, tarix sahifalarida nurli siyohlar bilan qayd etilasiz. Bu naqadar sharaf va ulugʻlikdir, bu naqadar Allohga yaqinlikdir.

لِمِثْلِ هَذَا فَلْيَعْمَلِ الْعَامِلُونَ

«Bas, amal qilguvchilar mana shunday (mangu baxt saodat) uchun amal qilsinlar!»[Soffot 60]

Roya gazetasining 2019 yil 30yanvar chorshanba kungi 219-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.