Xitoyning meva va sabzavotlari Tojikistonga kiritilishi man etildi

714
0


Xitoyning meva va sabzavotlari Tojikistonga kiritilishi man etildi

Oʻtgan 2018 yilda Xitoydan Tojikstonga hatto bir kilogramm meva kiritilmadi. Holbuki oʻtgan yillarda 250 tonnadan ortiq meva mahsulotlari importiyoʻlga qoʻyilar edi. Masuʼllarning aytishicha, Xitoydan kedadigan meva-sabzavotlarning importi vaqtinchalik toʻxtatilgan.

Tojikiston hukumati fitosanitariya xavfsizligi Qumitasining raisi Jamshed Nosirovning maʼlumotiga koʻra, mutaxassislarning tashxisi natijasida, Xitoydan keltirilgan meva-sabzavot mahsulotlarida geni oʻzgartirilgan organizmlar (GMO) aniqlangan.Bunday mevalarni isteʼmol qilish mamlakat aholisi sogʻligiga ulkan xatar tugʻdiradi.

“Agar sinchkovlik bilan baho berilsa shu narsa ayon boʻladiki, Xitoy mevalarini hatto qurt ham yemaydi, demak bu xatar uchun haqiqiy dalil hisoblanadi”- deydi Nosirov.

Tojikistonga Xitoydan tashqari Turkiya, Rossiya, Ekvador, Pokiston va qoʻshni Qirgʻizistondan ham meva-sabzavot mahsulotlari kirib keladi.Mahalliy mintaqa va subtropik oʻsimliklardan olingan meva-sabzavot import hajmi 25525 ming tonnani tashkil etadi.

2017 yilda Tojikston mevalarini Xitoy bozorlariga chiqarilishi xususidagishartnomaloihasi taklif qilingan edi. Biroq ushbu shartnoma haligacha imzolanmadi.

TojikistondaFitosanitariya qumitasi 29 dekabr 2017 yili tashkil qilingan.

Turkiston:

Bir maʼlumotni oʻzlashtirishdan oldin ozgina tafakkur qilsak maqsadga muvofiq boʻladi. Keling, mazkur xabar haqda bir fikr yuritaylik.

Urfda “Qoʻshning tinch-sen tinch” degan ibratli zarbulmasal bor. Qirgʻizistonda 1 oy mobaynida davom etgan Xitoy bosqinchiligiga qarshi aksiyalar va norozilik namoyishlari qoʻshni Tojikistonaholisiningtafakkuriga oʻz taʼsirini oʻtkazdi.

Tojik hukumati qoʻshnisida yuz bergan ixtilofni oldini olish maqsadida, goh-gohida Xitoyga qarshi goʻyoiqtisodiy embargo qoidasini joriyqilmoqda. Harqanday kufr tuzumidaboʻlganidek, “fidoiy” jurnalistlar bu ishda birinchiliradan boʻlib jonbozlik koʻrsatmoqda.

Xitoyda ishlab chiqarilgan bir necha tonna bolalar oʻyinchogʻi, tarkibida zaharli modda borligi aniqlangach, yoqib yuborildi. Matbuot vositalari esa buni kun ora takror takrornamoyish qildi.

Endi esa, meva sabzavotlarning zararli ekanligi isbotlanmoqda. Bir qarashda bu yaxshi qadam boʻlsada, aslida bu bilan xalqning gʻazabini soʻndirishmoqchi, shu ishlar bilan ularda qanoat hosil qilmoqchi boʻlyapti.

Nega endi amaldagi hukumat Tojikistonning minglagan gektar ekinzorlari xitoyliklar tomonidan oʻzlashtirib olingani haqida lom-mim demaydi? Holbuki aslida haqiqiy xatar Xitoyning iqtisodiy, siyosiy va hatto ijtimoiy bosqinchiligida emasmi!?

Qolaversa, ayni paytda Xitoy mevalariga hojat yoʻq, Oʻrta Osiyo davlatlari oʻzi Xitoyga aylanib bormoqda, chunki ota-bobo dehqonlarimiz yetishtirgan tabiiy ozuqa bilan oziqlantirilgan meva sabzavotlar endiyuq.

Oxirgi 15 yil davomida Xitoy Oʻrta Osiyo mamlakatlariga bakteriyaga qarshi kimyoviy dorilarni sotib ulgurgan, endilikda Xitoy mevalariga deyarli ehtiyoj yoʻq, zerooʻzimizdagi mevalarni ham qurt yemaydigan boʻlib qolgan.

Munavvara

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.