Mustamlakachi davlat bilan harbiy va xavfsizlik bitimini tuzish sharʼan haromdir

500
0

Mustamlakachi davlat bilan harbiy va xavfsizlik bitimini tuzish sharʼan haromdir

“Xolij onlayn” veb-sayti hijriy 1440 yil 7 jumodul-avval, milodiy 2019 yil 13 yanvar yakshanba kuni nashr qilgan xabarda bunday deyiladi:

“Yakshanba kuni Qatar Tashqi ishlar vaziri shayx Muhammad ibn Abdurrahmon Oli soniy, oʻz mamlakati AQSH bilan boʻlgan «harbiy faoliyatni qoʻllab-quvvatlash” hamda AQSHning poytaxt Davha janubiy gʻarbidan 30 km. Uzoqlikda joylashgan Udayd bazasini kengaytirishi boʻyicha memorandum imzolaganini maʼlum qildi.

Qatar Tashqi ishlar vaziri buni amerikalik hamkasbi Mayk Pompeo bilan Davhada oʻtkazgan matbuot konferensiyada aytdi. Uning taʼkidlashicha, Udayd bazasi boʻyicha maxsus memorandumdan tashqari, ikki davlat taʼlim va madaniyat sohasida ham ikki shartnoma imzolashgan.

Oʻz navbatida, Pompeo ham mushtarak muloqotning ochilishi chogʻida “Qatar davlati 13 ming amerikalik askarga mezbonlik qilmoqda, biz yakshanba kuni Udayd havo bazamizni yanada kengaytirish boʻyicha Davha bilan kelishuv imzoladik va biz bunday hamkorlikdan mamnunmiz”, dedi.

AQSH oʻzining Oʻrta Sharqdagi eng yirik harbiy joylashuvi hisoblangan bu bazasidan ISHID tashkilotiga qarshi kurashda foydalanadi.

Davha 2018 yil yanvarda AQSH dengiz flotiga mezbonlik qilish bilan birga, Udayd bazasini ham doimiy baza sifatida kengaytirishga qaror qilganini maʼlum qilgan edi».

Roya gazetasi sharhi:

Kofir davlatlar bilan, asosan, AQSH bilan harbiy va xavfsizlik bilan bogʻliq bitim va kelishuvlarni imzolash sharʼan harom. Chunki bu kofirlarning musulmonlar va ularning yurtlariga hukmron qilishni anglatadi. Alloh Taolo

﴿وَلَن يَجْعَلَ اللّهُ لِلْكَافِرِينَ عَلَى الْمُؤْمِنِينَ سَبِيلاً﴾

“Alloh kofirlarni moʻminlar ustidan hukmron boʻlishlariga hargiz yoʻl qoʻymagay” [Niso 141]

deydi. Bu narsa kofirlarga musulmonlarni oʻldirishlariga yordam berishni ham oʻz ichiga oladi. Alloh Taolo yana bunday deydi:

﴿وَتَعَاوَنُواْ عَلَى الْبرِّ وَالتَّقْوَى وَلاَ تَعَاوَنُواْ عَلَى الإِثْمِ وَالْعُدْوَانِ وَاتَّقُواْ اللّهَ إِنَّ اللّهَ شَدِيدُ الْعِقَابِ﴾

“Yaxshilik va taqvo yoʻlida hamkorlik qilingiz, gunoh va haddan oshish yoʻlida hamkorlik qilmangiz, Allohdan qoʻrqingiz, shubhasiz, Allohning azobi qattiqdir!”[Moida 2]

Bu – musulmonlarga gunoh yoʻlida yordam berishning yomonligi haqida edi. Shunday ekan, kofirlarga musulmonlarni oʻldirishlari va yurtlarini bosib olishda yordam berishning yomonligi qanchalar boʻlishi mumkin?! Shunga koʻra, ayni shartnomalarni bekor qilishga hamda AQSH va ajnabiy davlatlarning yurtlarimizdagi harbiy joylashuvlariga chek qoʻyishga harakat qilish sharʼan farzdir. Agar biz shunga qaror qilsak, dushmanlarimiz ustidan zafar quchishimizga Allohning Oʻzi kafildir. Alloh Taolo bunday dedi:

﴿وَمَن يَتَوَكَّلْ عَلَى اللَّهِ فَهُوَ حَسْبُهُ﴾

«Kim Allohga tavakkul qilsa, bas, (Allohning) Oʻzi unga yetarlidir»[Taloq 3]

Roya gazetasining 2018 yil 23 yanvar chorshanba kungi 218-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.