“Parij konferensiyasi”ga 100 yil toʻldi

1806
0

“Parij konferensiyasi”ga 100 yil toʻldi

Tarix bilib qoʻyish uchun emas, saboq olish uchun oʻrganiladi

Bundan 100 yil oldin, 1919-yil 18-yanvarda “Parij konferensiyasi” boʻlib oʻtgan edi. Unda 1-jahon urushida gʻolib boʻlgan yirik davlatlar magʻlub mamlakatlar ustidan hukm chiqarish uchun yigʻilishgan. Maʼlumki, yirik davlatlar jahon urushlari haqiqatini oʻz manfaatlariga muvofiq oʻzgartirib kelishadi. Shu sababli tarixning qon bilan yozilgan bu qora sahifalaridagi ayrim haqiqatlarni qisqacha bayon qilish bilan Qirgʻiziston xalqini oldimizdagi tahdidlardan ogohlantirib, ulardan xalos boʻlishga chaqiramiz.

Tarix haqiqatlari:

1914- yilda boshlangan 1-jahon urushi oʻsha vaqtdagi yirik bosqinchi davlatlarning mustamlaka talashishi natijasida kelib chiqqan edi. Oʻshanda mustamlaka ulushidan quruq qolgan Germaniya urushning tashabbuskori boʻlgan.

Urushayotgan davlatlar 2 blokka boʻlinishgan. Antanta blogiga – Britaniya, Fransiya, Rossiya kirgan. Maʼlumki, eng koʻp mustamlaka davlatlarga ega kuchlar shular boʻlishgan. Ularning ichida Britaniya dunyodagi 1-darajali davlat edi. Antantaga qarshi kurashgan taraf Uchlik ittifoqiga birlashishgan. Bular – Germaniya, Avstro-Vengriya va Italiya. Germaniya Britaniyadan birinchilikni talashgan. 1915-yili Italiya Antanta tomonga oʻtib ketdi. Uning oʻrniga Usmoniy Xalifalik va Bolgariya qoʻshilib, Toʻrtlik ittifoqi tuzildi. Eslatib oʻtamiz, Usmoniy Xalifalik Islomiy davlat boʻlgan. Yevropaliklar Usmoniy davlat oʻlkalarini bosib olishga oʻch boʻlib turishgan. Ayniqsa, Britaniya, Fransiya va Rossiyaning “ishtahasi karnay” boʻlib turgan.

Urush Antanta gʻalabasi bilan yakunlandi. Germaniya bilan Versal shartnomasi, Avstriya bilan Sen-Jermen shartnomasi, Bolgariya bilan Nyoyi shartnomasi, Vengriya bilan Triano shartnomasi, Usmoniy davlat bilan Sevr shartnomasi tuzildi. Keyinchalik Sevr shartnomasi Lozanna shartnomasiga almashtirilib oqibatda Xalifalik tugatildi, uning xarobalari ustiga Turkiya respublikasi qurildi.

Oʻrta Osiyoga toʻxtaladigan boʻlsak, uni 19-asr oxirlaridayoq Chor Rossiyasi bosib olgan edi. Sovet Ittifoqi hokimiyat tepasiga kelgach, uning merosxoʻriga aylandi.

1-jahon urushi Oʻrta Osiyoga ham ogʻir-ogʻir kulfatlar soldi. Chor Rossiyasi front uchun Oʻrta Osiyo xalqining mol-mulkini tortib oldi. Eng ogʻir front orti ishlariga xaydalgan erkaklarning qoʻpchiligi ortiga qaytmadi. Bunday ahvol mahalliy musulmon xalqni mustamlakachilarga qarshi qoʻzgʻalishga undadi. Musulmonlar buni gʻayridinlarga qarshi gʻazovot deb atashgan. Mustamlakachilar tomonidan qoʻzgʻolonlarni shafqatsizlarcha bostirilishi natijasida 50 000ga yaqin odam qirilib ketdi. Rus bosqinchilarining bu qirgʻini Qirgʻizistonda “Urkun” degan nom bilan mashhur. Jazo otryadlarining oʻqlari, “Urkun”ning yoʻl azobi va Xitoy davlatining zulmi natijasida Shimoliy Qirgʻizistonning 12% xalqi qurbon boʻldi. Ocharchilik sababli Turkiston mintaqasi boʻyicha 1 milliondan oshiq odam qirilib ketdi.

1-Jahon urushidan soʻng “tinchlikni saqlash” niqobiga oʻralgan Millatlar ligasi tashkil etildi. Haqiqatda esa bundan koʻzlangan maqsad gʻolib davlatlar hukmronligini taʼminlash edi. Biroq, uning niqobi tez orada sidirilib tushdi. Mustamlakachi davlatlarning ochkoʻzliklari toʻxtamadi. Oqibatda 2-jahon urushi kelib chiqdi. Undan keyin yana “tinchlik” niqobini yopingan Birlashgan Millatlar Tashkiloti tuzildi. Shu yoʻl bilan gʻolib davlatlarning hukmronligi taʼminlandi. Ular shu bilan kifoyalanib qolishmadi. AQSH va SSSR boshqa mustamlakachi davlatlarning koloniyalarini tortib olish uchun yasalma “mustaqillik uchun kurash” urushlarni keltirib chiqarishdi. Mahalliy aholi bu urushlarda koʻplab qurbonlar berdi, biroq, haqiqiy mutaqillikka yetisha olmadi. Keyin “Sovuq urush” boshlandi va u Sovet Ittifoqini qulashi bilan payoniga yetdi. Sovuq urushdan keyin dunyodagi 1-raqamli davlat sifatida Amerika raqibsiz qoldi. U oʻziga Islomni raqib sifatida tanlab oldi. Shu sababli, boʻlajak roshid Xalifalikning oldini olish va raqib davlatlar mustamlakalarini tortib olishda “diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash”ni oʻylab topdi va ishga soldi. Afgʻoniston va Iroqni bosib oldi. Suriyada boʻlajak Xalifalikni oldini olish uchun musulmonlarga qarshi barcha dushmanlarni olib kirdi.

Kofirlarning manfaat ustidagi kurashlaridan Qirgʻiziston xalqi ham chetda qolmadi. Masalan, 1990-yilgi Oʻsh voqeasi, 2005-yilgi davlat toʻntarishi, keyingi 2010-yildagi toʻntarish va Oʻsh voqealari – bularning barchasi mustamlakachilik koʻrinishlaridan boshqa narsa emas.

Ayni vaqtda Oʻrta Osiyo, shu jumladan Qirgʻiziston ham mustamlakachi davlatlar kurashi ostida turibdi. Eski mustamlakachi Rossiya, yangilari AQSH va Xitoy mustamlakachilikning turli uslublarin ishga solib oʻzaro raqobatlashmoqda.

Ogohlantiramiz va chaqiramiz:

Shu munosabat bilan Qirgʻiziston xalqini mustamlakachilarning nufuz talashishlaridagi qurbonlari boʻlib qolishdan ogohlantiramiz. Ey Qirgʻiziston xalqi, ularning razil rejalarining qurbonlari boʻlib qolmang!

Ey Qirgʻiziston musulmonlari, mustamlakadan bir yoʻla qutulish, ularning xorligidan butunlay ozod boʻlish – Islom diniga qaytishingiz bilan boʻladi. Tarixga yana bir sidra nazar solinglar, Xitoy, Rossiya, Amerika bir vaqtlar Xalifalikka jizya toʻlagan davrlarni eslanglar! Demak, sizlarning azizligingiz toʻgʻri yoʻldagi Xalifalikni qayta tiklash bilangina amalga oshadi. Buning uchun sizlar sof Islomni teran oʻrganib, uni mahkam ushlashingiz zarur. Shuning uchun sizlarni Islom fikratini tiniq, tariqatini aniq oʻrganishga chaqiramiz. Bu bilan sizlarni ikki dunyo azizligiga, ikki dunyo baxtiga chaqirmoqdamiz.

﴿إِنَّمَا كَانَ قَوْلَ الْمُؤْمِنِينَ إِذَا دُعُوا إِلَى اللَّهِ وَرَسُولِهِ لِيَحْكُمَ بَيْنَهُمْ أَنْ يَقُولُوا سَمِعْنَا وَأَطَعْنَا وَأُوْلَئِكَ هُمْ الْمُفْلِحُونَ﴾

“Oʻrtalarida hukm chiqarish uchun Alloh va Rosuliga chorlangan vaqtlarida, moʻminlarning soʻzi eshitdik va itoat qildik, (demoqdir), ana oʻshalargina najot topguvchilardir”[24:51]

﴿يا أَيُّهَا ٱلَّذِينَ آمَنُواْ ٱتَّقُواْ ٱللَّهَ وَكُونُواْ مَعَ ٱلصَّٰادِقِينَ﴾

Ey iymon keltirganlar, Allohga taqvo qilinglar va sodiqlar ila birga boʻlinglar[9:119]

Hizb ut-Tahrir – Qirgʻiziston matbuot boʻlimi

18. 01. 2019.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.