Xorijiy diplomatlar musulmonlarni qayta tarbiyalash markaziga borishdi

231
0

Xorijiy diplomatlar musulmonlarni qayta tarbiyalash markaziga borishdi

Musulmon aholisiga ega boʻlgan 12 mamlakatning diplomatlari va baʼzi xorijiy OAVlari Sinszyanga tashrif buyurdi. Bunga Xitoyning uzoq gʻarbiy mintaqasida musulmon-uygʻurlarning keskin taʼqib etilishi taxmin qilinganligi sabab boʻldi, deb yozadi “Bloomberg” agentligiga tayanib, “Repost”.

Sinxua agentligiga koʻra, diplomatlar Rossiya, Qozogʻiston, Oʻzbekiston, Tojikiston, Hindiston, Pokiston, Indoneziya, Malayziya, Afgʻoniston, Tayland va Kuvaytdan kelgan.

Diplomatlar markaz talabalari bilan ularning hayoti va oʻqishi haqida suhbatlashdi, ularning markazdagi hayotini kuzatdi.

Avvalroq Xitoy rasmiylari musulmon aholisi yashovchi Sinszyan-Uygʻur avtonom tumanidagi ekstremizmga qarshi kurash tamoyillarini belgilovchi hujjatni chop etdi. Unda “qayta tarbiyalash lagerlari” mavjudligi tan olinadi. Ularda, BMT ekspertlari maʼlumotlariga koʻra, 1 milliongacha odam sudsiz, nomaʼlum muddatga saqlanadi. Bunday lagerlar rasman “kasbga oʻrgatish va malaka oshirish markazlari” deb nomlanadi.

Turkiston:

Xitoy hukumati bir necha oʻn yillardan beri Sharqiy Turkistondagi uygʻur musulmon birodarlarmizni quvgʻin qilib, qamoqqa tashlab, uy-joylaridan majburan koʻchirib, diniy ibodat va marosimlarni bajarishdan toʻsib kelayotgan edi. Ammo dahriy Xitoy hukumati bu bilan kifoyalanib qolmadi va uygʻur musulmonlaridan aroq ichish, toʻngʻiz goʻshti yeyish va oʻz eʼtiqodlaridan qaytishni talab qilib, muslima singillarimizni najas xanlar bilan oila qurishga majburlay boshladi. Millionlab uygʻur birodarlarimizni maxsus “qayta tarbiyalash” lagerlarga tashladi va yuzlab musulmonlarni jismonan yoʻq qildi… Olamiy kufr sistemasi va halqaro hamjamiyat esa Xitoyning bu ishlariga koʻz yumib kelayotgan boʻlsa, musulmon yurtlar rahbarlari sukut saqlash orqali oʻz roziliklarini izhor qilishmoqda.

Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
Rosululloh sollallohu alayhi vasallam
“Musulmon musulmonning birodaridir. Unga zulm ham qilmaydi, uni tashlab ham qoʻymaydi. Kim birodarining hojatini ravo qilsa, Alloh uning hojatini ravo qiladi. Kim bir musulmonning tashvishni aritsa, Alloh uning Qiyomat kunidagi tashvishlaridan birini aritadi. Kim bir musulmonning aybini berkitsa, Alloh Qiyomat kunida uning aybini berkitadi” , dedilar. (Buxoriy va Muslim rivoyati).

Dahriy Xitoy hukumatining musulmon birodarlarmizga qarshi olib borayotgan qatagʻonini jim turib kuzatish, bunga beparvo munosabatda boʻlish bizlar uchun harom! Biz oʻz imkoniyatlarimizni ishga solib, rasmiy hukumatlardan Xitoyga bosim oʻtkazish, u bilan savdo-sotiq ishlari va har qanday aloqalarni toʻxtatishlarini va musulmon birodarlarimizdan iflos qoʻllarini tortishini talab qilaylik.

Javob qoldiring:

Please enter your comment!
Please enter your name here

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.