Pompeo: AQSH Afgʻonistondan qoʻshinlarni olib chiqishga qatʼiy istak bildirmoqda

362
0

Pompeo: AQSH Afgʻonistondan qoʻshinlarni olib chiqishga qatʼiy istak bildirmoqda

AQSH davlat kotibi Mayk Pompeo AQSH Afgʻonistonda tinchlikka erishish va u yerdan oʻz qoʻshinlarini olib chiqishga jiddiy istak bildirayotganini maʼlum qildi.

“AQSH tinchlikka erishishga, Afgʻoniston xalqaro terrorchilik uchun makon boʻlib qoladigan vaziyatning oldini olish va qurolli kuchlarini uyga qaytarishga qatʼiy istak bildirmoqda”,- deb yozgan Pompeo tvitterda.

Pompeo AQSH Afgʻonistonning suvereniteti va mustaqilligini mustahkamlashga intilayotganini qoʻshimcha qilgan.

Avvalroq AQSHning Afgʻoniston boʻyicha maxsus vakili Zalmay Xalilzod AQSH “Tolibon” bilan muzokaralarda muhim masalalar boʻyicha sezilarli ilgarilashga erishganini maʼlum qilgan edi. U AQSH toliblar bilan muzokaralarni yaqin orada yana davom ettirishini taʼkidlab oʻtgan edi.

21 yanvarda Qatar poytaxti Dohada “Tolibon” va AQSH bilan ikki tomonlama muzokaralarning yangi raundi boshlandi.

“Dohadagi 6 kundan keyin Afgʻonistonga maslahatlashuvlar uchun yoʻl olmoqdaman. Uchrashuv avvalgilarga qaraganda sermahsul boʻldi. Biz muhim masalalar boʻyicha katta ilgarilashga erishdik. Bizda hali hal qilinishi kerak boʻlgan bir qator masalalar qoldi”,- deb yozgan Xalilzod tvitterda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.