Tramp AQShdagi shatdaunni to‘xtatdi

59
0

Tramp AQShdagi shatdaunni to‘xtatdi

AQSh prezidenti Donald Tramp 15 fevralga qadar qator idoralar uchun vaqtinchalik byudjetni tasdiqladi va bu bilan mamlakat tarixidagi eng uzoq shatdaunga chek qo‘ydi. Bu haqida “Sputnik” xabar qilmoqda.

Taxmin qilinishicha, yaqin uch hafta uzoq muddatli byudjet muzokaralari uchun foydalaniladi.

Tramp 35 kun davom etgan shatdaun yakunlari bo‘yicha kongressda bo‘lgan demokratlarga nisbatan qarama-qarshilikda birinchi bo‘lib taslim bo‘ldi. Ilgariroq u Meksika bilan chegarada devor qurilishi uchun mablag‘lar hisobga olinmasa byudjetni tasdiqlashdan voz kechgan edi, demokratlar esa bu mablag‘larni ajratishdan bosh tortishgan edi.

Tramp roziligidan so‘ng kongress shu zahotiyoq zarur byudjet qonunchilik loyihalarini qabul qildi.

Shatdaun (shutdown) ingliz tilidan tarjima qilinganda “to‘xtatish”, “o‘chirish”, “yopish” ma’nolarini anglatadi. AQShda moliyaviy shatdaun kelgusi moliyaviy yil uchun kelishilgan byudjetning yo‘qligi tufayli kongress tomonidan bevosita moliyalashtiriladigan davlat idoralarining ishi to‘xtatilishini anglatadi. Bu Tramp prezidentligi davridagi uchinchi holat, ammo avvalgi ikki holatda prezident va kongress o‘rtasidagi bahslarni qisqa vaqtda hal etishga erishilgan.

Tramp o‘z harakatini izohlar ekan, Twitterdagi akkauntida uning bu qadami taslim bo‘lishni emas, balki “millionlab insonlar uchun tashvish chekishni” anglatishini yozgan. “21 kundan keyin kelishuvga erishilmasa, tomosha qaytadan boshlanadi”, – deb qo‘shimcha qilgan u.

Oq uy vakillarining bayonotiga ko‘ra, Tramp vaqtinchalik byudjet muddati o‘tishi bilan demokratlar pozitsiyasidan qat’i nazar Meksika bilan chegarada devor qurishga kirishmoqchi.

Javob qoldiring:

Please enter your comment!
Please enter your name here

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.