Sudan ahli harakati Allohning shariatini hokimiyatga olib chiqish qoʻzgʻoloni boʻlsin

467
0

Sudan ahli harakati Allohning shariatini hokimiyatga olib chiqish qoʻzgʻoloni boʻlsin

Usmon (Abu Xalil). Hizb ut-Tahrirning Sudandagi rasmiy notigʻi

Sudandagi hokimiyatga qarshi koʻtarilgan namoyishlarni siyosiy kuchlar oʻz foydasiga burishga urinayotgan bir manzarada bu namoyishlar toʻrtinchi haftaga kirdi. Boshida ushbu xalq harakati tashqi turtkisiz oʻz-oʻzidan kelib chiqdi… Yurtdagi narx-navoning kundan-kunga osmonga koʻtarilib ketishi, yoqilgʻi mahsulotlarining taqchilligi, maoshlar vaqtida berilmagani oqibatidagi zulm… bu qoʻzgʻolonga sabab boʻldi. Hatto yoqilgʻi quyish shahobchalari, non doʻkonlari, kassalar oldida turnaqator navbat kutishlar… oddiy holga aylanib qoldi. Hukumat esa, bularni hal etishga ojiz. Odamlarni sabrga chaqirib, ularga sarobga olib boruvchi vaʼdalarni beryapti… Nihoyat, odamlar sabr kosasi toʻlib ketdi, portlab norozilik namoyishiga chiqdilar. Shu yerda, siyosiy partiyalar va hukumatga muxolif kuchlar paydo boʻlib, namoyish yetakchiligini qoʻlga olishga urina boshlashdi. Maydonda ilmoniy oqim mavjudligi yaqqol maʼlum edi. U zulm va korrupsiyaga qarshi koʻtarilgan qoʻzgʻolonni oʻgʻirlashga va uning shiorlarini rejimni agʻdarish, “erkinlik, adolat, tinchlik” kabi shiorlarga oʻzgartirishga urinardi. Bu xavfni rejim ham sezdi. Seziboq, Xazro (yashil) maydondagi oʻz qoʻllab-quvvatlovchilarini safarbar qilib, rejim hamon kuchli, unga madad beruvchi doiralari koʻp, degan mazmunda butun dunyoga va muxolafatga “noma” yoʻlladi. Umar Bashir: “Baʼzi kuchlar Sudanga qarshi til biriktirib, uni tiz choʻktirishga harakat qilyapti”, dedi. Soʻng, “Sudanni vayron qilishga urinayotgan xorijiy kuchlar mavjud. Hukumatga qarshi koʻtarilgan namoyishchilar bugun Sudanga dushman boʻlgan davlatlar tomonidan boshqarilmoqda”, deya qoʻshimcha qildi. Biroq harakat davom etdi, dam intilish, dam chekinish namoyishning asosiy xususiyati boʻlib qolaverdi. Har bir harakat va namoyish chogʻida oʻlgan va yaralanganlar boʻldi. Aftidan, namoyishga turtki boʻlgan sabablarni bartaraf qilish qoʻlidan kelmagan, oʻzining bajarmaydigan togʻ-togʻ vaʼdalari bilan odamlarni bezor qilgan bu rejimni ayni qoʻzgʻolon esini ogʻdirib qoʻygan koʻrinadi. Chunki hukmron partiyaning baʼzi yetakchilari tahdid qilib, qoʻrqitishga oʻtishdi. Shu nuqtai nazarda, ilgari prezidentning birinchi oʻrinbosari boʻlgan hamda Islomiy Harakatning sobiq bosh kotibi Ali Usmon Muhammad Toho ham “Bizning guruh rejimni himoya qilishga tayyor turibdi”, dedi. Keyin Milliy Kongress partiyasining mafkura va madaniyat kotibiyati kotibi, Respublika prezidentligi qoʻmitasi raisi Fotih Izzuddinning namoyish qatnashchilariga qarata tahdidlari yangradi: “Bizga bir hafta vaqt bering va oʻzini erkakman, deguvchilar ortga qaytsin, ammo qoʻliga qurol olganlar boʻlsa, kallasini sapchadek uzib tashlaymiz”. Bir kun ham Islom bilan hukm yuritmagan bu rejim, odamlar tuygʻusiga yoqadigan gaplarni qilishga odatlangan. Ayni mana shunday tahdidlar qilgan kimsa, oʻsha yerning oʻzida “Biz Alloh uchun harakat qilamiz, undan zarracha chetlanmaymiz, Alloh oldiga munofiq boʻlib borishni aslo istamaymiz”, deyish yoʻliga oʻtdi.

Sudan boshqa musulmon davlatlaridan farqsiz oʻlaroq, malay davlat. U siyosat, iqtisod… barcha sohada mustamlakachi kofir Gʻarbga xizmat qilib, uning rejalarini amalga oshirishdan oʻzga tashvishni bilmaydi. Bu oʻlka yer usti va osti boyliklariga boy boʻlishiga qaramay, qashshoq ahvolda qolmoqda. Bunga Sudan ahli ustidan zoʻrlab tatbiq etilayotgan siyosat sabab boʻlmoqda. Masalan, siyosiy sohada bu rejim ingliz mustamlakachilardan qolgan respublikachilik boshqaruvi bilan hukm yuritadi. Sudan rejimining asosiy tashvishi Gʻarbning siyosiy muassasalari orqali tiqishtirayotgan siyosatini amalga oshirishdir. Bu fikrimizga dalil keltirish uchun uzoqqa bormaylik, mana, “milliy dialog” va undan kelib chiqqan qonunlar ham AQSHning shu yurtdagi rejasidir. Amerikalik vakillar ayni dialogning qanday tatbiq etilayotganiga ishonch hosil qilish uchun dialog boʻyicha komissiya ishlarini oxirigacha kuzatib borishdi. Sal ilgariroq esa, AQSH rahnamoligida va rejimning qoʻli bilan Sudan janubi boʻlib tashlandi. Darvoqe, Umar Bashirning oʻzi ham janubni boʻlgan Amerika ekanini eʼtirof etdi! Siyosatni kuzatib borayotganlar buni biladi. Biroq Amerika bu ishda kimlardan vosita sifatida foydalandi?! Shubhasiz, Amerika Sudan janubini boʻlishda Umar Bashir bilan janub isyonchilaridan foydalandi va oʻshalar yordamida qolgan qismlarini ham boʻlib tashlashga tayyorlab qoʻydi. Iqtisodiy sohada esa, maʼlumki, Sudan davlati uchun iqtisodiy siyosatni chizib bergan Jahon Banki boʻladi. Bu rolni Xalqaro Valyuta Fondi oʻzining halokatli rejalari bilan takomillashtirdi. Chunki ularning siyosat va rejalari yurtni mana shu ahvolga olib keldi. Zero, Amerika oʻz gumashtalari bilan birgalikda ayni iqtisodiy krizisni gʻoyat ustalik bilan ishlab chiqdi… Maqsad, Sudan boyliklari va potensiallarini oʻz nazorati ostida ushlab turishdir.

Agar tub yechim toʻgʻrisida fikrlamasdan, ishlar shu tarzda ketaversa, biz yashab oʻtgan oltmish yil yana qaytarilaveradi. Yaʼni, (partiyaviy hukumat… harbiy toʻntarish… qoʻzgʻolon… yana partiyaviy hukumat… harbiy toʻntarish, yana xalq qoʻzgʻoloni… partiyalar hukumati… harbiy toʻntarish va yana qoʻzgʻolon) shaklida spiral misol aylanaveradi…

Tub yechim – Ummat mabdasiga, yaʼni, buyuk Islom mabdasiga asoslangan aniq siyosiy mafkurada mujassamdir. Ana shundagina hamma ishlar oʻz iziga tushadi. Chunki Islom qonunlari butun bashariyat yaratuvchisi boʻlmish Alloh Taoloning ahkomlaridir.

أَفَحُكْمَ الْجَاهِلِيَّةِ يَبْغُونَ وَمَنْ أَحْسَنُ مِنَ اللَّهِ حُكْماً لِقَوْمٍ يُوقِنُونَ

“Dinsizlik hukmron boʻlishini istaydilarmi?! Imonlari komil boʻlgan qavm uchun Allohdan ham goʻzalroq hukm qilguvchi kim bor?!”[Moida 50]

Islomda hukmdor oʻzi yoki biror inson tomonidan ishlab chiqilgan qonun bilan hukm yuritmaydi. Balki Allohning shariati bilan hukm yuritadi. Yaʼni, u shariat ijrochisi va Ummat xizmatkoridir. U Ummatning ishlarini Islom ahkomlari asosida boshqaradi. Zero, Islomda boshqaruv, bugungi kundagi siyosatchilar aytayotgan “keks” emas. Balki, Rosululloh A aytganlaridek, javobgarlik va omonatdir:

“وَإِنَّهَا أَمَانَةُ وَإِنَّهَا يَوْمَ الْقِيَامَةِ خِزْيٌ وَنَدَامَةٌ إِلا مَنْ أَخَذَهَا بِحَقِّهَا وَأَدَّى الَّذِي عَلَيْهِ فِيهَا”

“Boshqaruv bir omonatdir, qiyomat kunidagi sharmandalik va nadomatdir. Ammo kim undan haqqiga yarasha olsa va oʻz zimmasidagi omonat haqqini ado etsa, sharmanda boʻlmas va nadomat chekmas”. (Muslim rivoyati).

Shuning uchun bugungi kunda Sudan rejimiga qarshi qoʻzgʻalgan odamlar Allohning shariati bilan hukm yuritishni talab qilishlari kerak. Aks holda, 1964 yil oktyabrda hamda 1985 yil aprelda korrupsion rejimga qarshi qoʻzgʻolgan paytlarda aldangan xalq kabi, bugun ham aldanib qolishlari turgan gap. Chunki Alloh shariatini hukmron qilish bu dunyoda farovon hayotga, oxiratda Allohning rizosiga olib boradi. Mana, Hizb ut-Tahrir yigitlari siz Sudan ahli bilan birga va sizning orangizdadir, ular sizni sizga manfaatli boʻlgan ishga yetaklamoqda. Bas, haqiqiy oʻzgarish uchun ular bilan birga harakat qiling. Zotan, ushbu oʻzgartirish uchun harakat qilmoq Islom bilan yashamogʻimiz uchun barchamizga Alloh tomonidan buyurilgan farz amalidir. Alloh Taolo bunday dedi:

فَلا وَرَبِّكَ لا يُؤْمِنُونَ حَتَّى يُحَكِّمُوكَ فِيمَا شَجَرَ بَيْنَهُمْ ثُمَّ لا يَجِدُوا فِي أَنْفُسِهِمْ حَرَجاً مِمَّا قَضَيْتَ وَيُسَلِّمُوا تَسْلِيماً

Yoʻq, Parvardigoringizga qasamki, to ular oʻz oʻrtalarida chiqqan kelishmovchiliklarda sizni hakam qilmagunlaricha va keyin siz chiqargan hukmdan dillarida hech qanday tanglik topmay, toʻla taslim boʻlmagunlaricha-boʻysunmagunlaricha zinhor moʻmin boʻla olmaydilar» [Niso 65]

Alloh Taolo yana bunday dedi:

وَعَدَ اللَّهُ الَّذِينَ آمَنُوا مِنْكُمْ وَعَمِلُوا الصَّالِحَاتِ لَيَسْتَخْلِفَنَّهُمْ فِي الْأَرْضِ كَمَا اسْتَخْلَفَ الَّذِينَ مِنْ قَبْلِهِمْ

“Alloh sizlardan imon keltirgan va solih amallar qilgan zotlarga xuddi ilgari oʻtgan zotlarni xalifa-hukmron qilganidek ularni ham yer yuzida xalifa qilishga vaʼda berdi” [Nur 55]

Rosululloh A bunday marhamat qildilar:

“… ثُمَّ تَكُونُ خِلافَةً عَلَى مِنْهَاجِ النُّبُوَّةِ”

“… Keyin Paygʻambarlik minhoji asosidagi Xalifalik boʻladi”.

Roya gazetasining 2018 yil 16yanvar chorshanba kungi 217-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.