AQSH Afgʻonistondan qoʻshinlarini olib chiqish masalasida “Tolibon” bilan muzokaralar olib bormoqda

286
0

AQSH Afgʻonistondan qoʻshinlarini olib chiqish masalasida Tolibon bilan muzokaralar olib bormoqda

AQSH va “Tolibon” harakati oʻzaro kelishuvga yaqin. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.

“New York Times” nashriga koʻra, mazkur kelishuvga binoan Toliblarning mamlakat hududiga “Al-Qoida” kabi guruhlarni kiritmaslik vaʼdasi evaziga AQSH qoʻshinlari Afgʻonistondan olib chiqilishi mumkin.

Kelishuvni imzolash imkoniyati AQSH davlat kotibining Afgʻoniston boʻyicha maxsus vakili Zalmay Xalilzad boshchiligidagi delegatsiyaning “Tolibon” vakillari bilan Qatar poytaxti Doxadagi muzokaralarining toʻrtinchi kunida tugʻildi.

Toliblar AQSH bilan muzokaralardagi asosiy vakil sifatida “Tolibon” harakati asoschilaridan biri Abdulgʻani Birodarni tayinladi.

Kelishuvning aniq tafsilotlari, jumladan, Afgʻonistondan olib chiqiladigan qoʻshinlar soni va muddatlar yuzasidan muzokaralar davom etayotgani bildirilmoqda.

Javob qoldiring:

Please enter your comment!
Please enter your name here

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.