Doktor Abdulloh: Tolibonning kuchayishi Rossiya, Eron va Oʻrta Osiyo uchun xatardir

868
0

Doktor Abdulloh: Tolibonning kuchayishi Rossiya, Eron va Oʻrta Osiyo uchun xatardir

Shveysariyaning Davos shahrida Umumjahon iqtisodiy yigʻilishida nutq soʻzlagan Afgʻoniston hukumati ijroiyai qoʻmitasi raisi Doktor Abdulloh Abdulloh Tolibonni demokratik qadriyatlariga eʼtiqod qilmagan toifa, deya baholadi. Abdullohning fikriga koʻra, Tolibon oʻz maqsadi sari faqat terroristik amallar bilan harakat olib boradi va ularda zarrachainsoniyatga ehtirom tuygʻusi yoʻq.

“Tolibonga nisbatan har qanday himoya, moliyaviy va qurolli qoʻllov mintaqaning ziyoniga ishlaydi. Afgʻonistonda hech qanday ijobiy oʻzgarish yuz bermaydi, ustiga ustak Rossiya manfaatlari bevosita talofatga uchraydi”, “Agar Tolibon tashkiloti qoʻllab quvvatlansa, u holda Rossiya, Eron va Oʻrta Osiyo davlatlari uchun katta xatar paydo boʻladi”, dedi Doktor Abdulloh.

“Baʼzi bir davlatlar Amerika siyosati va taʼsiri ostida Tolibonga qurol aslaha va moliyaviy jihatdan yordam bermoqda. Ishonchli manbalardan yetib kelgan xabarlarga qaraganda ayni damda Pokiston davlatida ham Tolibonning maxfiy harbiy mashq markazlari mavjud”, “Shoyadki Tolibon «aholi biz tomonda” degan gumonda boʻlsa. Ammo bunga xech qanday asos yoʻq. Zero afgʻonlarga tinchlik xotirjalik, osuda hayot kerak, ularning toliboncha hayotga ehtiyojlari yoʻq», deya qoʻshimcha qildi u.

Eslatib oʻtamiz, shu kunga qadar Amerikaning Afgʻoniston masalasi boʻyicha BMTdagi vakili Zalmay Xalilzod tashabbusi orqali Tolibon vakillari toʻrt marotaba muloqot maydoniga jalb qilingan. Eng soʻnggisi bundan uch kun ilgari boʻlib oʻtgan edi. Biroq shu kunga qadar Afgʻon hukumati Tolibondan oʻt ochishni toʻxtatish xususida kutilgan javobni olgan emas. Tolibonni shartiga koʻra Amerika oʻz askarlarini Afgʻoniston yerlaridantamoman olib chiqmagunicha, ular afgʻon hukumati bilan muzokara qilish niyatlari yoʻq.

Oʻtgan oyda Amerika prezidenti Donald Tramp oʻz askarlarini Afgʻoniston yerlaridan olib chiqish xususidagi qarorini eʼlon qilgan edi. Biroq shu kunga qadar ushbu qaror qachon amalga oshishi belgilanmagan. Ayni damda Afgʻonistonda 14 ming nafar atrofida Amerika harbiylari mavjud.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.