Rossiya AQSHni ogohlantirdi

118
0

Rossiya AQSHni ogohlantirdi

Rossiya AQSHni Venesuelaning ishlariga harbiy aralashishdan ogohlantirdi. “Bu halokatli holatga olib kelishi mumkin”, dedi Rossiya TIV rahbari oʻrinbosari Sergey Ryabkov. Bu haqda RIA “Novosti” xabar bermoqda.

Avvalroq Venesuelada muxolif parlament – Milliy assambleya rahbari Xuan Guaydo oʻzini mamlakat prezidenti sifatida eʼlon qilib, davlat rahbari sifatida qasamyod qabul qilgani va AQSH prezidenti Donald Tramp uni qonuniy prezident sifatida tan olgani xabar qilingan edi.

Shu bilan birga Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdogʻan Lotin Amerikasi mamlakatida kuzatilayotgan norozilik namoyishlari fonida venesuelalik hamkasbi Nikolas Maduroni qoʻllab-quvvatlashi haqida aytdi. Bu haqda Turkiya rahbarining rasmiy vakili Ibrohim Qalin tvitterdagi sahifasida yozgan.

Uning soʻzlariga koʻra, Erdogon Venesuela rahbari bilan bogʻlanib, unga qoʻllab-quvvatlashi haqida aytgan.

“Birodarim Maduro, hammasi joyida boʻladi! Biz siz bilan birgamiz”, – deya Erdogʻanning soʻzlarini keltiradi Qalin.

Shuningdek, uning qoʻshimcha qilishicha, Turkiya davlat toʻntarishi orqali hokimiyatni qoʻlga olishga urinishni rad etish boʻyicha oʻzining prinsipial pozitsiyasiga sodiq qolishda davom etadi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.