Erdogon Putin bilan muzokara oʻtkazish uchun Rossiyaga keldi

833
0

Erdogon Putin bilan muzokara oʻtkazish uchun Rossiyaga keldi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdogon 23 yanvarda Moskvada muzokaralar oʻtkazadi.

Turk rasmiylariga koʻra, uchrashuvda Suriya shimolida “xavfsizlik zona”sini yaratish haqidagi Anqara taklifi koʻrib chiqiladi.

Uchrashuv arafasida Kreml chiqargan bayonotga koʻra, Putin va Erdgon “Suriyadagi tinchlik jarayoni barobarida savdo, iqtisodiy va madaniy sohalardagi muhim jihatlarni muhokama qiladilar”.

Turkiya va Rossiya Suriyadagi mojaroda qarama-qarshi jabhalarni egallagan.

Rossiya Suriya prezidenti Bashar Asad hukumatini qoʻllab-quvvatlasa, Turkiya Suriya hukumati kuchlariga qarshi jang qilayotgan muxolifat jangchilarini dastaklaydi.

Ammo, dekabr oyida AQSH prezidenti Donald Tramp ikki mingdan koʻproq AQSH harbiylarini Suriyadan olib chiqishini eʼlon qilishi ortidan Rossiya va Turkiya Suriyadagi amaliyotlarni muvofiqlashtirishga kelishib oldi.

21 yanvarda Erdoʻgʻon Putin bilan Suriya shimolida Turkiya nazorati ostidagi “xavfsizlik zonasi”ni yaratish boʻyicha muloqot oʻtkazishini aytdi.

“Xavfsizlik zonasi”ni yaratish gʻoyasiga Suriya shimolining aksar hududlarini nazorat qilayotgan va AQSH ittifoqchisi boʻlgan Suriyadagi kurdlar qarshi chiqqan.

Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov oʻtgan hafta Turkiya harbiy kuchlarini Suriya shimoliga joylashtirish gʻoyasini rad etdi va bu hududlar Damashq nazorati ostida boʻlishi lozimligini aytdi.

Turkiston: 

Hizb utTahrir amiri shayx Ato ibn Xalil Abu Rashtaningsiyosiy savollarga javoblarda “Suriyadagi soʻnggi voqealar rivoji”dagi javobda jumladan shunday deyilgan edi.

…Turkiya ham qiyin vaziyatda qoldi. Zero, u AQSH oʻz qoʻshinlarini olib chiqib ketsa, boʻshliqni toʻldirish imkoniga ega boʻlaman, deb oʻylayotgan edi. Chunki AQSH qoʻshinlarini olib ichib ketish qarori oʻtgan juma Tramp-Erdogan oʻrtasidagi telefon suhbati ortidan qabul qilingan edi. Shuning uchun shunday oʻylayotgan edi. Rusiyal Yavm 2018 yil 19 dekabrda bunday xabar tarqatdi: (Amerikalik yuqori lavozimli bir mulozimga koʻra, AQSH prezidenti Donald Tramp turkiyalik hamkasbi Rajab Toyyib Erdogan bilan oʻtkazgan soʻnggi suhbati ortidan Suriyadan oʻz qoʻshinlarini olib chiqib ketishga qaror qildi. Ushbu mulozim chorshanba kuni Reyter axborot agentligi bilan qilgan suhbatida ayni qaror oʻtgan hafta ikki davlat rahbarlarining telefon orqali suhbatlashishlari ortidan qabul qilinganini maʼlum qildi. Ayni manba buni quyidagicha sharhladi: “Kelgusi boʻlajak ishlarning barchasi ushbu telefon suhbati chogʻida erishilgan kelishuvlarning tatbiqi oʻlaroq kuzatiladi”). Ikki rahbar oʻrtasidagi telefon suhbati haqida Onadoʻli turk axborot agentligi 2018 yil 21 dekabrda bunday xabar qildi: (Turkiya prezidenti bunday dedi: “Tramp bizdan – ISHIDga kuchlaring yetadimi, deb soʻradi”. Shunda men – biz ularni magʻlubiyatga uchratdik. Kelgusida ham shunday qilishga qodirmiz. Siz bizni moddiy-texnik yordam bilan qoʻllab-quvvatlasangiz, bas, dedim… Alaloqibat, amerikaliklar chiqib ketishni boshlashdi. Ayni damdagi maqsadimiz ular bilan tinch diplomatik munosabatlarni davom ettirishdir». Shu tarzda Turkiya boʻshliqni toʻldiraman, deb oʻylagan edi… Biroq voqeda Asad rejimi kurdlar iltimosi bilan Manbij tomon harakat qildi! (Asad rejimining mingga yaqin qoʻshini tanklar hamda ogʻir qurollar oʻrnatilgan zirhli mashinalar bilan Tayha nazorat punktiga toʻplandi. Bu kuchlarning qirqqa yaqin jangchisi esa, Arimaning shimoliy sharqidagi Yalani qishlogʻidagi Suriya Demokratik kuchlari bilan rejim oʻrtasida mushtarak boʻlgan nazorat punktiga yetib bordi. Ushbu punkt mushtarak kuchlarni joylashtirish toʻgʻrisida Suriya Demokratik kuchlari bilan kelishuvga erishilganidan keyin rejim kuchlari joylashtirilgan birinchi punkt hisoblanadi. Shuningdek, u Ozodlik armiyasi va turk kuchlari nazoratidagi punktlar roʻparasida joylashgan punktdir. Mudun sahifasi, 2018 yil 27 dekabr).

Shundan soʻng, 2018 yil 29 dekabr kuni Mudofaa vaziri, Tashqi ishlar vaziri, Armiya Bosh shtab boshligʻidan tashkil topgan turk delegatsiyasi mavzuni muhokama qilish uchun yoʻlga tushdi. Biroq rus yuqori lavozimli mulozimlari tomonidan Turkiya uchun provokatsiya hisoblangan bir qancha bayonotlar yangradi. Masalan, Rossiya Tashqi ishlar vazirligi voizi Mariya Zaxarova 27 dekabrda “Amerikaliklar chiqib ketadigan yerlar ustidan Suriya hukumati nazorat oʻrnatishi kerak”, dedi. Yana davom etdi: “Oʻz-oʻzidan savol tugʻiladi: amerikaliklar tashlab chiqib ketadigan yerlar ustidan kim nazorat oʻrnatadi? Aniqki, xalqaro qonunga koʻra, u yerlar Suriya hukumati tomonidan nazorat qilinishi kerak”. U yana bunday dedi: “Biz turkiyalik hamkasblarimiz bilan – xoh tashqi siyosatda boʻlsin, xoh Suriyada terrorizmga qarshi kurashish uchun harbiy amaliyotlar olib borish sohasida boʻlsin – oʻz nuqtai-nazarlarimizni yaqindan muvofiqlashtirib, Suriya yoʻnalishi boʻyicha aniq bir siyosatni amalga oshiryapmiz”. Mudun sahifasi, 2018 yil 27 dekabr). Amerikalik taniqli Respublikachi senator Lindsi Grem ham bunday dedi: (“Tramp AQSH qoʻshinlarining Suriyadan chiqib ketishi ortidan Turkiyaning Xalq Mudofaasi otryadlari bilan toʻqnashmasligiga jiddiy harakat qilishi lozim”. Grem oʻz mamlakatining NATOdagi ittifoqchisi boʻlgan Turkiyaga uning manfaatlarini himoya qilishda yordam koʻrsatish uchun mintaqada bufer zona barpo qilinishi lozimligini taʼkidladi. U Turkiyaning Xalq Mudofaasi otryadlarini oʻz yerlaridagi separatist harakat, deb hisoblashini, shu bois ayni guruhga hujum qilish bilan tahdid etib kelishini bildirib oʻtdi». Arabiy Post, 2018 yil 31 dekabr).

Keyin, rus armiyasi yaqinda “Suriyada tinchlik oʻrnatishga qaratilgan Rossiya muvofiqlashtiruvchi markazi” faoliyatini qaytadan yoʻlga qoʻydi. (Bu – Manbij yaqinidagi Arima shahrida boʻlib, u yerdan yaqinda chiqib ketgandan soʻng amalga oshdi». Mudun sahifasi, 2018 yil 27 dekabr). Mana shularning barchasi boʻshliqni toʻldirish masalasida Turkiya oldida bir qancha toʻsiqlarni paydo qildi va hamon paydo qilmoqda!

Hatto Rossiya nisbatan kuchli davlat boʻlsa-da, AQSH uni bir krizisdan ikkinchi bir krizisga tiqib qoʻymoqda… Rossiya oʻzining – 2015 yil 29 sentyabrda Obama-Putin uchrashuvi ortidan Suriyaga agressiya qilganidan beri – boshi berk koʻchaga kirib qolganini anglamoqda. Oʻshanda Putin buning evaziga Qrim anneksiyasi sababli joriy qilingan sanksiyalardan AQSH Rossiyani ozod etadi, deya umid qilgan edi. Ammo sanksiyalar bekor qilinmadi… Keyin, Rossiya Suriya yuki ozayib, tupikdan chiqib olish uchun Idlib masalasini harbiy yoʻl bilan hal qilishni va shundan keyingina siyosiy yechimga erishishni xohlayotgan edi. Chunki Suriyadagi harbiy amaliyotlardan forigʻ boʻlgandan keyingi siyosiy yechimning Rossiyaga hech qanday zarari boʻlmaydi. Ammo Amerika bunga yoʻl qoʻymay, eng birinchi navbatda siyosiy yechimga erishishni xohladi. Biz 2018 yil 22 sentyabrdagi savol-javob nashramizda bu haqda bunday degan edik, buni yuqorida ham keltirib oʻtdik: (Shunday qilib, Rossiya Idlibdagi oʻzining bombardimonlarini toʻxtatdi va Oʻrta Yer dengizida manyovr qilayotgan kemalarini ortga qaytardi. U Idlib mavzusini siyosiy yechimdan oldin harbiy yoʻl bilan hal etishga bevosita Amerikadan yoki Turkiya orqali rozilik olishni hamon umid qilmoqda… Lekin Amerika Idlibda harbiy yechimdan oldin, birinchi navbatda siyosiy yechimga erishishni va bundan Rossiyani Suriyadagi harbiy bazalari boʻyicha provokatsiya qilish uchun kuzir karta sifatida foydalanishni istayapti. Keyin, muxolafatni siyosiy yechimda Rossiya bazalari mavzusini qoʻzgʻashga undaydi…).

Keyin, Trampning qoʻshinlarni olib chiqib ketish qarori Rossiya uchun dard ustiga chipqon boʻldi!!! Gap shundaki, Rossiya ushbu hodisadan soʻng Manbijda va Sharqiy Furotdagi kurdlar hududlarida Asad rejimi bilan Turkiya oʻrtasida qoldi! Zero, Rossiya bir tomondan rejimni qoʻllab-quvvatlaydi. Yana bir tomondan oʻzi bilan Turkiya oʻrtasida bir qancha kelishuvlar bor. Yana bir tarafdan Turkiya kuchlari bilan rejim kuchlari yaqinlashib kelmoqda… oʻrtada Rossiya… Bu narsa – agar ular oʻrtasida jang kelib chiqadigan boʻlsa – Rossiyani qiyin ahvolga solib qoʻyadi. Xullas, Amerika Rossiyani bir krizisdan ikkinchi bir krizisga tiqib qoʻymoqda!… deyilgan edi.

Ha, Putin va Erdogon uchrashuvi AQSH tomonidan rejalashtirilgan loyihani amalga oshirish, qanday qilib boʻlsa ham uni rozi qilish asosiga qurilgani aniq. Muhokama qilinadigan mavzular ham ularga AQSH tomonidan chizib berilgan chegaralarni buzib oʻtmaslik uchun nimalarga eʼtibor qaratishga kelishib olish.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.