Tramp AQSHning Suriyadagi salibchilik va mustamlakachilik basharasini ochib qoʻydi

421
0

Tramp AQSHning Suriyadagi salibchilik va mustamlakachilik basharasini ochib qoʻydi

Bi-Bi-Si Arabiy veb-sayti hijriy 1440 yil 27 robiul-avval, milodiy 2019 yil 3 yanvar payshanba kuni nashr qilgan xabarda bunday deyiladi:

“AQSH prezidenti Donald Tramp Suriya «yaqin vaqt ichida barbod boʻldi”, u yerda “qumlik va oʻlim”dan boshqa narsa qolmadi, dedi.

Hukumat rahbarlari bilan uchrashuvi chogʻida “Biz ulkan boylik haqida gapirmayapmiz, qumlik va oʻlim haqida gapiryapmiz. Men Suriyada doimiy qolib ketishni istamayman”, dedi.

AQSH qoʻshinlarini Suriyadan olib chiqib ketish va ISHID tashkilotining tugatilgani haqida soʻzlagach, “Qoʻshinlarning bir kecha va kunduzda qaytishi belgilanmagani”ni bildirdi hamda “Chiqib ketamiz, ammo bu maʼlum vaqt davomida amalga oshadi”, dedi».

Roya gazetasi sharhi:

Trampning bunday ochiq, balki yuzsizlik bilan qilgan bayonoti salibchi Amerika va mustamlakachi Gʻarb basharasini ochmoqda hamda ularning jinoyatlarini fosh etib, ayblarini koʻrsatib qoʻymoqda… Bu gaplari shuni mutlaq tasdiqlab turibdiki, amerikaliklar Suriyaga faqat mustamlakachilik nazari bilan boqishadi, u yerga bevosita oʻzlari yoki malay va tobelari vositasida kirishlari ortida na qadriyat bor va na prinsip. Mana, u yerdan chiqib ketishini askarlari uchun xavfsiz-tinch joy ham, ularni muhofaza qilish uchun ulkan boylik ham qolmagani bilan oqlamoqda. Bundan tashqari, Tramp va Amerika Rossiya, Eron va uning Hizbi hamda Turkiya kabi oʻzining oʻrniga jang qiluvchi davlatlarni topib olgan. Shunday boʻlgach, nega chiqib ketmasin, nega shu haqda jamoatchilik fikrini paydo qilmasin… Ayniqsa, gap uning ikki ming askari haqida ketyapti. Bu hajm esa, hozir Asad tarafida jang qilayotgan kuchlar hajmiga nisbatan hech qancha emas!

Roya gazetasining 2018 yil 2 yanvar chorshanba kungi 216-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.