Oradan ikki yil oʻtgan boʻlsada Dacha-Suuda odamlar umriga zomin boʻlgan mashʼum yukning egasi topilmadi

658
0

Oradan ikki yil oʻtgan boʻlsada Dacha-Suuda odamlar umriga zomin boʻlgan mashʼum yukning egasi topilmadi

Bundan ikki yil muqaddam, 2017-yil 16-yanvar kuni tongi soat 7:30lar chamasi “Manas” xalqaro aeroporti yaqinida joylashgan Dacha-Suu qishlogʻiga Turkiya kompaniyasiga qarashli “Boing-747” samolyoti qulab tushgan, baxtsiz xodisa natijasida qishloqda yashovchi 35 kishi va ekipajning toʻrt aʼzosi qurbon boʻlgan edi. Oʻsha vaqtda tarqalgan xabarlarda aytilishicha, “Boing-747” rusumli yuk tashuvchi samolyot Gonkong-Bishkek-Istambul yoʻnalishi boʻyicha uchayotgan boʻlgan.

Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, xodisa oqibatida qishloqdagi 19 uy toʻligʻicha vayron boʻlib, 7ta uy yaroqsiz holga kelgan, 12 uy qisman zarar koʻrgan. Bundan tashqari, odamlarning mol-holi va avtomashinalari ham vayron boʻlgan edi.

Sodir boʻlgan aviahalokat Qirgʻiziston xalqining umumiy fojiasiga aylandi, odamlar tezlik bilan zarar koʻrgan qishloq ahliga moddiy va maʼnaviy yordam koʻrsatishga kirishib ketishdi. Qisqa vaqt ichida xalqdan 102 million 160 ming 180 som mablagʻ yigʻildi. Biroq, rasmiy hukumat yigʻilgan mablagʻ teng tarqatilgani, yettita fuqaro uy olganini aytgan boʻlsa-da, xavfsizlik jihatidan kim qancha pul olgani ochiq koʻrsatilmasligini taʼkidlagan.

Oʻsha vaqtda rasmiy hukumat “Manas” aeroporti yaqinida qulagan “Boing” samolyotida Qirgʻiziston fuqarolarining yuki yoʻq boʻlganini bildirgan boʻlsa ham, biroq xalq ichida samolyotdagi yuk Qirgʻizistonda taniqli boʻlgan odamlar, xususan, sobiq prezident Almazbek Atambayevga tegishli boʻlgani haqida gap-soʻzlar yurib keladi.

Shu vaqtga qadar 39 kishining umri zomin boʻlgan mashʼum yukning egasi topilmagani ham bu ish ortida oʻta boy va qudratli shaxslar turganiga dalolat qiladi. Hukumat xalqdan toʻplangan pulni fojia natijasida zarar koʻrgan oilalarga tarqatib, qurbon boʻlganlar xotirasiga esdalik oʻrnatib qoʻyish bilan goʻyoki oʻz vazifasini bajargan boʻldi.

Abdurahmon

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.