BMT Yamanga 32 million dollar ajratadi

23
0

BMT Yamanga 32 million dollar ajratadi

Birlashgan millatlar tashkiloti (BMT) Yamandagi hayotni qutqarishga yoʻnaltirilgan insonparvarlik yordamlarini moliyalashtirish uchun Favqulodda vaziyatlar bilan kurashish markaziy fondi hisobidan 32 million dollar ajratadi.

“Anadolu” axborot agentligi tarqatgan xabarda aytilishicha, bu haqda BMTning Nyu-Yorkdagi bosh qarorgohida oʻtkazilgan matbuot anjumanida tashkilotning matbuot kotibi Stefan Dugrik maʼlum qilgan.

Stefan Dugrikning soʻzlariga koʻra, BMTning gumanitar masalalar va favqulodda yordamlar boʻyicha muvofiqlashtiruvchisi Mark Lokok va Jahon oziq-ovqat dasturining ijrochi direktori Devid Paisli 32 million dollar ajratilganini eʼlon qilgan.

Mazkur pullar Yamanda yashovchi insonlar hayotini saqlab qolishga yordam berish uchun Favqulodda vaziyatlar bilan kurashish markaziy fondi tomonidan insonlarga asosiy xizmatlarni koʻrsatish uchun ajratilgan.

Dugrik Jahon oziq-ovqat dasturi har oy 8 million kishiga yordam koʻrsatayotganini aytgan va buni 12 millionga olib chiqishga harakat qilayotganiga ishora qilgan.

Javob qoldiring:

Please enter your comment!
Please enter your name here

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.