Byudjetni soliq, jarima, sugʻurtalar bilan toʻldirish mumkinmi?

92
0

بسم الله الرحمن الرحيم

Byudjetni soliq, jarima, sugʻurtalar bilan toʻldirish mumkinmi?

121-modda – Shaxslarning har biri uchun asosiy ehtiyojlarni toʻla qondirish kafolatlanishi hamda kamoliy ehtiyojlarni iloji boricha eng yuqori darajada qondirish imkoniyati taʼminlanishi vojibdir.

149-modda – Davlat har bir fuqaroni ish bilan taʼminlash kafolatini oladi.

160-modda – Davlat barcha uchun bepul tibbiy xizmatni taʼminlaydi, lekin shifokorlarni yollash va dori-darmon savdosini man qilmaydi…

Yuqoridagilar butun insoniyatga rahmat boʻlib kelishi kutilayotgan “xalifalik davlati” konunlaridan baʼzilaridir. Bu kabi konunlar demokratik davlatlarda boʻlmaydi. Ular oʻz fuqarolarini emas, oʻzlarini va bankdagi “hisob raqamlari”ni oʻylashadi xolos. Hisob rakamlariga pul tushsa bas, keyin nima boʻlishi ularni qiziqtirmaydi.

Boshqa xalqlar konlarimizni “qonuniy yoʻllar bilan” talon-taroj qilib oʻzga yurtlarga olib ketishadi. Ularga bizdagi xoin rahbarlar yordam beradilar. Xoin rahbarning birgina qoʻygan imzosi uchun uning hisob rakamlariga milionlagan dollarlarni bekordan oʻtkazib qoʻyarmidi?! Chunki ular rahbarlarning bitta imzosi bilan butun bir konni tashib ketishga imkon topishadi. Imzo qoʻyildimi, tamom, uni ortga qaytarib boʻlmaydi. Sudlashsa, ular yutib chiqishadi. Rahbarlar shunday yoʻllar bilan boyliklarimizni, yerlarimizni topshirib qoʻyishlari oshkor boʻlib qolganda, byudjetni nima bilan toʻldirsa boʻladi? Qirgʻizistonda 350-400 ming atrofida byudjetdan oylik olib kun kechiradiganlar bor, ulardan 18 000dan ortigʻi davlat hizmatchilaridir. Ular ichida 80-100 000 som oladiganlari ham bor. Byudjetda kamomad yuzaga kelsa, ularning koʻpchiligi “och qolishi” mumkin, chunki maoshdan tashqari “kirimlari” ham, mashinalarining yurishi ham byudjetdan kelardida… Ularni maoshlarini vaqtida berish uchun byudjetni qoplashga xoinlarcha qarz olish xavfli boʻlib turganda qanday yoʻl bilan byudjetni toʻldirish mumkin?

Bu masalani elga soliq solish bilan hal qilishmoqchi. Uni bezab koʻrsatib, “sugʻurta”, deb atashmoqda. Yaʼni goʻyo xalq uchun qaygʻurayotgandek koʻrinib, “uy-joylaringga, mashinalaringga talofat yetsa, ziyon koʻrib qolmasligingiz uchun sugʻurta qildirishingiz kerak, hatto taksidagi insonlar ham yuklariga biror kor hol boʻlsa, oʻrnini qoplash uchun taksichi ham sugʻurta qildirishi kerak”, deyishmoqda. “Xalqparvar” hukumatimiz buni har bir uyga ham, mashinaga ham majburiy qilmoqchi, chunki ular bizni “koʻchada qolmasin” deb qaygʻurmoqda!

Aslida xalq qiynalayotgan va ishsizlik kuchaygan bunday holatda soliq solish emas, ishsizlarga ish topib berish, oʻgʻrilik kabi jinoyatlarning jazolarini bekor qilishi, hatto och qolmagani uchun xalqqa rahmat aytish kerak. Chunki koʻpchilikka jon saqlashning oʻzi muammo boʻlib qolmoqda. Bunday paytda “sugʻurta”ni majburiy qilish toʻgʻrimi? Havfsizlik kamarini taqmay qoʻysa 1000 som, yerga tuflasa 5500 som jarima… Bunday ahmaqona qonunlar natijasida qonun ijrochisi boʻlgan organ hodimlari bilan xalq oʻrtasida urush-janjallar kuchayadi, oʻgʻrilar koʻpayadi, oddiy xaql oldida jinoyatga qoʻl urishdan boshqa chora qolmaydi. Hamma insonlar organ hodimlarini yomon koʻradi… va hokazo.

Makhul(r.a.) rivoyat qilishicha, Paygʻambar(s.a.v):

“لا قَطْعَ فَيْ مَجَاعَةِ مُضْطَرٍّ”

“Ochlikdan noiloj boʻlib qolganda qoʻl kesilmaydi”, deganlar.

Islomda sugʻurta harom boʻlib, oʻz mulkini ihtiyoriy ravishda sugʻurta qildirgan insonlar gunohkor boʻladilar. Ammo insonlarni sugʻur qilishga majbur qilganlar esa, – biz topshiriqni bajarmoqdamiz, desalar ham – dindan chiqib kolish xavfi bor, Alloh saqlasin. Rahbarlar oʻz xalqini haromga majburlash va bu bilan hizmatchilarining hayotlarini zulmatga aylantirish uchun hokimiyatga kelishganmi?

“…Sugʻurta majburiyatini kafillikka solishtiradigan boʻlsak, kafillikka olishning durust boʻlishi va tuzilishi uchun shariatda nusus-hujjati kelgan shartlardan sugʻurtaning xoliligini koʻramiz. Chunki birinchidan, unda masʼuliyat masʼuliyatga qoʻshilmaydi. Sugʻurta shirkati sugʻurta qildiruvchining molini toʻlashda oʻz masʼuliyatini boshqa birovning masʼuliyatiga qoʻshmaydi. Demak, u botildir, kafillikka olish hisoblanmaydi. Ikkinchidan, unda sugʻurta qildiruvchining biron odamga toʻlashi kerak boʻlgan moliyaviy majburiyati yoʻqki, sugʻurta shirkati uni bajarib qoʻysa. Negaki, sugʻurta qildiruvchining birovga toʻlashi kerak boʻlgan moliyaviy majburiyati yoʻq. Shirkat kelib uni kafillikka olayotganda hech qanday moliyaviy majburiyat boʻlmaganidan keyin shirkat bajaradigan moliyaviy majburiyat ham boʻlmaydi. Shunga koʻra, u sharʼan nodurust kafillikka olish boʻladi. Uchinchidan, shirkat toʻlashni oʻz boʻyniga olgan narsaning oʻzi yo bahosi yoki maʼlum miqdordagi mol sugʻurta bitimi paytida kafillik beriluvchining oʻsha vaqtda ham, keyinchalik ham boshqalarga toʻlashi kerak boʻlgan majburiyati emas. Shu jihatdan ham bu nodurust kafillikdir. Demak, sugʻurta shirkati oʻsha paytda ham, keyinchalik ham toʻlanishi vojib boʻlmagan narsani kafillikka olyapti. Bu narsa ham uning botilligini koʻrsatib turibdi. Toʻrtinchidan, sugʻurtada kafillikka olinuvchi yoʻq. Demak, unda sharʼiy kafolatning bir asosiy elementi, yaʼni kafillikka olinuvchining boʻlishi sharti yetishmaydi. Zero, kafillikka olishda kafillikka oluvchi ham, kafillikka olinuvchi ham, kafillik beriluvchi ham boʻlishi shart. Sugʻurta bitimida kafillikka olinuvchi boʻlmaganidan keyin u sharʼan botildir. Beshinchidan, sugʻurta shirkati talofatga uchragan narsaning oʻzini yoki pulini toʻlash yoki maʼlum miqdorda mol berish majburiyatini olganda bu ishni maʼlum miqdordagi mablagʻ evaziga qiladi. Kafillikka olish durust boʻlishining bir sharti esa uning evazsiz boʻlishidir. Shu jihatdan sugʻurta botil kafolatdir.

Shulardan koʻrinib turibdiki, sugʻurta shartnomasida kafolatning tuzilishi va durust boʻlishiga oid shariat nususlarida vorid boʻlgan shartlar topilmagani bois shirkat bergan shartnoma hujjatlari ham, undagi narsaning oʻzini, bahosini yoki maʼlum miqdorda pul toʻlashlari ham, sugʻurtaning oʻzi ham sharʼan batamom botildir.

Shunga asosan, hayotni boʻladimi, tovarni boʻladimi, mulkni boʻladimi, boshqani boʻladimi, sugʻurta qildirishning barcha turi sharʼan haromdir. Zero, uning bitimi sharʼan botildir. Sugʻurta shirkatining bitim taqozosi bilan beradigan ahdi ham sharʼan botildir. Shunga koʻra, shu bitim va shu ahd orqali olingan mol nosharʼiy yoʻl bilan topilgan daromad hisoblanib, uni yeyish haromdir». (“Islomda iqtisod nizomi” kitobidan).

Abu Zar.

Javob qoldiring:

Please enter your comment!
Please enter your name here

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.