Lukashenko Rossiyaga tahdid qildi

111
0

Lukashenko Rossiyaga tahdid qildi

Agar Rossiya va Belarusiya neft sohasida soliq manyovri munosabati bilan tovon to‘lash bo‘yicha kelishuvga erisha olmasa, Rossiya tomon Belarus ko‘rinishida g‘arbiy yo‘nalishdagi yagona ittifoqchisini yo‘qotishi mumkin. Bu haqda 10 yanvar, payshanba kuni Belarusiya prezidenti Aleksandr Lukashenko ma’lum qildi. Bu haqida “TASS” xabar qilmoqda.

Lukashenkoning ta’kidlashicha, bu masalada Rossiya bilan kelishuvlar yo‘qligi mamlakat uchun fojea bo‘lmaydi.

“Agar Rossiya rahbariyati bunday harakat va g‘arbiy yo‘nalishda yagona ittifoqchisini yo‘qotish yo‘lini tanlasa, bu ularning tanlovidir. Biz ularni majbur qila olmaymiz”, – deya aniqlik kiritdi Lukashenko.

U respublika hukumatini Rossiya soliq manyovri bilan bog‘liq bo‘lgan Belarusiya byudjeti yo‘qotishlarini qoplash uchun boshqa “ishonchli manbalarni topishga chaqirdi. Shu bilan birga, Lukashenkoning qayd etishicha, Belarusiya uchun qo‘shimcha 400 million dollar daromad topish “muammo emas”.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.