Sobiq mer 20 yilga qamalishi mumkin

60
0

Sobiq mer 20 yilga qamalishi mumkin

Bishkek shahrining sobiq meri Kubanichbek Kulmatov ustidan olib borilayotgan tergov nihoyasiga yetdi. Bu haqda Kulmatovning advokati Sergey Slevarev “24.kg” axborot agentligiga xabar berdi.

Advokatning aytishicha, materiallar bilan tanishuv jarayoni boshlangan. Yuristning ta’kidlashicha, tergov davomida qator qonun buzilishlariga yo‘l qo‘yilgan.

Sobiq mer yakuniy ayblov xulosasiga ko‘ra 20 yilga ozodlikdan mahrum etilishi mumkin. Kubanichbek Kulmatov shahar meri bo‘lgan 2014 yilda ikkita maktab qurilishiga ajratilgan 2 million dollarlik grantni noqonuniy ishlatib yuborganlikda ayblanmoqda.

Sergey Slesarevning qo‘shimcha qilishicha, Bishkekning yana bir sobiq meri Albek Ibraimovning ishi ham sudga oshirilgan. Sud qachon bo‘lishi noma’lum.

Albek Ibraimov TNK “Dastan” OAJ mulkini o‘zlashtirish va talon-toroj qilishda ayblanib qo‘lga olingandi. Bundan tashqari, u hokimlikning boshqa mansabdor shaxslari uyushgan holda poytaxtning janubida joylashgan davlatga qarashli yerlarni noqonuniy o‘zlashtirib yuborganlikda ayblanyapti.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.