Devid Petreus: Putin NATO uchun “katta sovg‘a”

480
0

Devid Petreus: Putin NATO uchun “katta sovg‘a”

MRBning sobiq rahbari Devid Petreus Rossiya prezidenti Vladimir Putinni NATO uchun “eng katta sovg‘a” deb atadi. U bu haqda Hindistonda tashkillashtirilgan Raisina Dialogue konferensiyasida ma’lum qilgan.

Petreusning so‘zlariga ko‘ra, Putinning hukumat tepasiga kelishi alyansga “mavjud bo‘lish uchun yangi sabab” yaratgan.

Petreusning fikricha, Vashington “yangi geosiyosiy tartib” borasida NATO yordamida bahs olib boradi. “Donald Tramp tomonidan alyans tanqid qilinishiga qaramasdan, Oq uy Yevropada Amerika harbiylari sonini oshirish rejasini rivojlantirishda davom etmoqda”, deb qo‘shib qo‘ygan iste’fodagi general.

Avvalroq Tramp NATO a’zolarini mudofaa uchun xarajatlarni oshirishga chaqirgan edi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.