Xitoyga qarshi norozilik namoyishi bo‘lib o‘tdi

656
0

Xitoyga qarshi norozilik namoyishi bo‘lib o‘tdi

7- yanvar kuni Ala-Too maydonida Xitoyning kirib kelishiga qarshi norozilik namoyishi bo‘lib o‘tdi. Bunga qadar ijtimoiy tarmoqlarda norozilik namoyishiga chiqish bo‘yicha chaqiruvlar bo‘lib kelgan. Natijada, bu chaqiriqlarga bee’tibor bo‘lmagan 500ga yaqin kishi markaziy maydonga yig‘ildi. Namoyishda rasmiy hukumat vakillari, siyosatchilar, jamoatchi faollardan hech kim ishtirok etmadi.

Norozilik namoyishining borishi ham bu tabiiy turda uyushganligini ko‘rsatib turdi. Shu sababli namoyish erkin fikr bildirish bilan davom etib, turli talablar ilgari surildi. Shunday bo‘lsada ularni bir maqsad – Xitoyning kirib kelishiga qarshilik birlashtirib turdi.

Namoyish ishtirokchilari fuqarolik kiyimida organ xodimlari yurganini aytib, o‘zaro bir-birlarini har turli provokatsiyalardan uzoq bo‘lishga chaqirib turishdi. Shu bilan birga, ayrim siyosatchlarning “choparlari” ham so‘zga chiqib, o‘z manfaatalari yo‘lida “arining uyasini qo‘zg‘ab” ko‘rishdi, ammo, haqiqiy basharalarini ko‘rsatishgani yo‘q. Biroq namoyishchilar hukumatga ham, siyosiy partiyalarga ham, siyosatchilarga ham ishonmasliklarini yashirishmadi. Shunday bo‘lsada, “hukumat bo‘lganidan keyin yechim uning qo‘lida”, degan e’tiborda hukumat vakillariga murojaat qilmoqchi bo‘lishdi, baxtga qarshi, ularning barchasi ta’tilda ekan (qisqasi yig‘ilgan xalq bilan hech kimning ishi bo‘lmadi, hatto ularning ayrimlari “rojdestvo”ni nishonlab yurgan bo‘lishsa kerak). Shuningdek, taniqli siyosatchilardan ham hech kim ko‘rinmadi, muhimi, o‘zlari uchun qulay bo‘lgan vaziyatni poylab yotish ularning odati.

Ko‘pchilik qayta namoyish o‘tkazish uchun 17-yanvar kunini belgilaganidan so‘ng, odamlarinng ayrimlari tarqab ketishdi. Biroq, bir guruh yoshlar bunga rozi bo‘lmay, piyoda yurib KTRKga borishdi va telekanal rahbari bilan uchrashishdi. Bu yerda ikkita talab ilgari surildi: 1. Xitoy fuqarolarining kirishiga moratoriy joriy qilish; 2. Noqonuniy yurgan xitoylarni Qirg‘izistondan chiqarib yuborish.

Shundan so‘ng KTRK yetakchisining ertaga, 8-yanvar kuni hukumat vakillari bilan bevosita efirda yuzma-yuz uchrashtiruv va’dasini olgach, namoyish nihoyasiga yetgani e’lon qilindi.

Biz, ushbu norozilik namoyishi munosabati bilan xalqqa murojaat qilmoqchimi:

Ey Qirg‘iziston xalqi, yurt uchun qayg‘urishingiz behuda emas. Endi buni saqlab qolish o‘z qo‘lingizda!

Hukumatdan

-Xitoy bilan bo‘lgan qarz kelishuvlarini;

-Qarzdan qutulish dasturini;

-Xitoy investitsiya shartlarini;

-Xitoy kompaniyalari bilan tuzilgan kelishuvlarni

oshkor qilishni talab qilinglar.

Ey siyosatchilar, o‘z manfaatinglar uchun emas, to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatish uchun er yigitlarimiz oldiga tushib, ular bilan yelkama-yelka turinglar!

Ey hokimiyatdagilar, xalqqa qarshi makr-hiyla ishlatib, unga qarshi kuch qo‘llash haqida o‘ylab ham ko‘rmanglar. Agar shunday qilsanglar, ulkan dushman qarshisida barchamiz kuchimizdan ayrilamiz. Sizlar xalq farzandisizlar. Sizlar qanday qilib Xitoyga qul bo‘lshga rozi bo‘lasizlar!? Xalqqa qo‘shilinglar, chunki ikkala dunyoda ham xalq ustidan mas’ulsizlar.

Rosululloh sollallohu alayhi va sallam aytdi:

«أَلَا كُلُّكُمْ رَاعٍ، وَكُلُّكُمْ مَسْؤُوْلٌ عَنْ رَعِيَّتِهِ»

“Ogoh bo‘linglar. Barchangiz rahbarsizlar va o‘z qo‘l ostidagilaringizdan so‘ralursizlar”.

Alloh taolo aytadi:

يَاأَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا لَا تَخُونُوا اللَّهَ وَالرَّسُولَ وَتَخُونُوا أَمَانَاتِكُمْ وَأَنْتُمْ تَعْلَمُونَ

“Ey mo‘minlar, Alloh va Uning Payg‘ambariga xiyonat qilmangiz va bilgan hollaringizda sizlarga ishonib berilgan narsalarga (ya’ni dinga va boshqa har qanday omonatlarga) xiyonat qilmangiz!” [8:27]

Hizb ut Tahrir – Qirg‘iziston matbuot bo‘limi

07. 01. 2019.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.