Turkiya Afg‘on tinchlik muzokaralariga o‘rtamchilik qiladi

38
0

Turkiya Afg‘on tinchlik muzokaralariga o‘rtamchilik qiladi

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdoganning so‘zlariga ko‘ra, Afg‘oniston va Pokiston o‘ratasidagi muloqotlarga Turkiya o‘rtamchilik qiladi. Ya’ni 17 yil mobaynida hal etilmayotgan afg‘on hukumati va Tolibon o‘rtasidagi keskin qurolli vaziyat, aynan Turkiya hukumati aralashuvi bois bartaraf etilajak.
Erdogan bu so‘zlarni 4 yanvar kuni Anqarada, Pokiston boshvaziri Imron Xon bilan o‘tkazilgan mushtarak matbuot anjumanida e’lon qildi.
Erdoganga ko‘ra, uchtomonlama uchrashuv ushbu yilning mart oyiga, Istambul shahrida o‘tkazilishi mo‘ljallangan. Xon o‘tkazilishi kutilayotgan muzokaralar, uzoq yillar davomida Afg‘onistonning asosiy muammosi bo‘lmish, “tinchlik o‘rnatish masalasiga”ga ulkan hissa qo‘shishiga umid bildirdi. Bu haqida Associated Press xabar berdi.
Mart uchrashuvlariga AQShning afg‘on hukumati va Tolibon o‘rtasidagi tinchlik muzokaralari yo‘lidagi urinishlarining bir bo‘lagi sifatida baho berilmoqda. AQShning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Zalmay Xalilzod shu kunga qadar Tolibon bilan Yaqin Sharq mamlakatlarida uch marotaba muzokara o‘tkazgan.
Biroq shunga qaramay, Toliblarning takroran ta’kidlashlaricha, ularning Afg‘on hukumati bilan bevosita muloqot o‘tkazishga istaklari yo‘q.

Javob qoldiring:

Please enter your comment!
Please enter your name here

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.