NATO Rossiyaga “soʻnggi imkoniyat” berdi

754
0

NATO Rossiyaga “soʻnggi imkoniyat” berdi


Rossiya belgilangan muddat ichida “Oʻrta va kichik masofadagi raketalarni yoʻq qilish toʻgʻrisidagi bitim” bajarilishiga qaytmasa, NATO unga tegishli javob qaytaradi. Bu haqda Shimoliy Atlantika alьyansi bosh kotibi Yyens Stoltenberg DPA agentligiga bergan intervьyusida maʼlum qilgan.
“Muhimi, Rossiya hozirda soʻnggi imkoniyatga ega. Agar Rossiya bitim shartlariga qaytmasa, unda biz katta muammolarga duch kelamiz”, – deya taʼkidlab oʻtdi Stoltenberg.
Uning fikricha, strategik muvozanatni tiklash uchun NATOda Oʻrta va kichik masofadagi raketalarni yoʻq qilish bitimi toʻxtatilishiga javob qaytarishning koʻplab usullari mavjud. Biroq, u vaziyatni murakkablashtirmaslik uchun tafsilotlarga aniqlik kiritib oʻtirmadi.
“Biz juda keskin javob qaytarmaymiz, ammo buni qilish kerak. Bizning ustuvor vazifamiz – Rossiyani bitimga rioya qilishga qaytarish”, – deya qayd etib oʻtdi bosh kotib.
Stoltenberg NATO AQShning Yevropada ikki tomonlama kelishuvlar asosida oʻz yadro raketalarini joylashtirishi mumkinligini istisno etishi boʻyicha savolga javob qaytarmagan. Stoltenbergning bildirishicha, dekabrь oyida tashkilot doirasida bu masalani hal qilishga rozi boʻlgan alьyans mamlakatlar TIV rahbarlari qarorini olqishlaydi.
Shu bilan birga, NATO bosh kotibining qayd etishicha, Rossiyaga tegishli yangi SSC-8 raketalari allaqachon Yevropada joylashtirilgan, ular yadroviy kallakni olib yurishi hamda Oʻrta va kichik masofadagi raketalarni yoʻq qilish toʻgʻrisidagi bitimni buzishi mumkin.
“Rossiya yadro qurolidan foydalanish uchun chegarani yoʻqotmoqda”, – dedi Stoltenberg.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.