Dirk Vize: Rossiya bilan munosabatlar yomonlashishi mumkin

517
0

Dirk Vize: Rossiya bilan munosabatlar yomonlashishi mumkin

Germaniya hukumatining Rossiya bilan aloqalar boʻyicha vakili Dirk Vize 2019 yilda Moskva va Berlin oʻrtasidagi munosabatlar yomonlashadi, deb hisoblaydi. U bu haqda “Pfälzische Merkur” gazetasiga bergan intervyusida aytdi.

Uning fikricha, bu Moskvaning 2018 yilda oldindan aytib boʻlmaydigan siyosatni namoyish etgani bilan bogʻliq.

Bundan tashqari, siyosatchi bu holat “2018 yilda butun dunyoda sodir boʻlgan qator voqealarga Rossiya javobgar ekanligi bilan bogʻliq” deb hisoblaydi.

“Sobiq josus Skripalning zaharlanishiga guvoh boʻldik. Soʻngra Moskva qurollanish poygasini boshladi – raketalar boʻyicha shartnoma buzilishi mumkin. Bu masala boʻyicha yangi yilda ham qattiq shugʻullanishimizga toʻgʻri keladi. Va albatta, Azov dengizida kuchning xavfli tarzda namoyish etilishini eslayman. Shu bois aytishim mumkin, Rossiya bilan munosabatlar bu yil ham yomonlashadi”,- dedi Vize.

Shuningdek, Vize Yevroittifoq Moskvaga nisbatan sanksiyalarni qanday shartlarda yumshatishi mumkinligini maʼlum qildi. Siyosatchining soʻzlariga koʻra, bu doimiy ravishda buzib kelinayotgan Minsk kelishuvlarining amalga oshirilishi bilan bogʻliq.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.