AQSH harbiylari Suriyani tark eta boshladi

41
0

AQSH harbiylari Suriyani tark eta boshladi

Amerikalik harbiy xizmatchilar Suriyani tark etmoqda. Bu haqda “Zakon.kz” xabar tarqatdi.

AQSH davlat kotibi Maykl Pompeoning qayd etishicha, AQSH “ISHID”ga qarshi kampaniyani davom ettiradi va Yaqin Sharqda barqarorlikni taʼminlashga bor kuchini safarbar qiladi.

Amerika harbiylarining Suriyani tark etish muddati haqidagi jurnalistning savoliga Pompeo, aniq muddatlar haqida hech qanday maʼlumot bera olmasligini aytib, “dushmanlar Suriyani qachon tark etishimizni bilishini istamayman”,- deya javob berdi.

Shu bilan birga davlat kotibi AQSH Eronga qarshi kampaniyani davom ettirishini qayd etdi. “Biz bu borada natijalarga erishishda davom etamiz. Faqat bu ishlar bilan Amerika harbiylari Suriyani tark etganidan soʻng shugʻullanamiz”, – deydi u.

Pampeo shuningdek, Suriyadagi diniy ozchilik xavfsizligini taʼminlash hamda turk va qurd kuchlari orasida nizolarni oldini olish muhimligini qayd etdi. “Ushbu vazifalar hali hamon Amerika missiyasining bir qismi sanaladi”, – deydi Davlat kotibi.

2 yanvar kuni jurnalistlar bilan uchrashuv chogʻida Tramp ham Suriyadan Amerika harbiylarining chiqib ketish muddatini aniq aytmadi.

Tramp Suriyadan Amerika harbiylarining olib chiqilishi haqida 19 dekabr kuni eʼlon qilgan edi. U mazkur harakatni Suriyada “ISHID” ustidan gʻalaba qozonilgani bilan asosladi.

The New York Times nashri Oq uy maʼmuriyatidagi manbalarga asoslangan holda Amerika harbiylarining Suriya hududidan chiqishiga toʻrt oy ajratilganini maʼlum qilgan.

Javob qoldiring:

Please enter your comment!
Please enter your name here

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.