Liviya diktatori Qazzofiyning oʻgʻli Putinga maktub yoʻlladi

1306
0

Liviya diktatori Qazzofiyning oʻgʻli Putinga maktub yoʻlladi

Liviyaning sobiq rahbari Muammar Qazzofiyning vorisi – Sayfulislom Rossiya hukumatidan yordam soʻrab maktub yozdi. Bu haqidaBloombergagentligi xabar tarqatdi. Sayful Islomoʻz maktubida Rossiya prezidenti Vladimir Putinga murojaat qilib,2019 yilda, Liviyada oʻtkazilishikutilayotgan prezidentlik saylovida qoʻllashini iltimos qildi.

Bloombergning maʼlum qilishicha, (kichik) Qazzofiy shaxsan oʻzi Rossiya TIV noibi Mixail Bogdanov orqali, dekabr oyida boʻlib oʻtgan uchrashuv chogʻida maktubini topshirgan.

Oʻz matktubida Sayfulislom Rossiyadan siyosiy qoʻllov soʻragan. Uning fikriga koʻra, aynan Moskva u va Liviyaning turli siyosiy kuchlar oʻratasidagi muloqotlarga oʻrtamchi vazifasini ijro etishga yaroqlidir. Shu bilan birga Sayfulislom Rossiyadan iqtisodiy yordam ham soʻragan.

Rossiya Tashqi ishlar Vazirligi holat yuzasidan xech qanday izoh bermadi. Bloombergning taʼkidlashicha, Rossiya qaysi nomzodni qoʻllashi xususida bir qarorga kelganicha yoʻq.

Liviyadagi prezidentlik saylovi BMT loihasiga binoan, ushbu yilning birinchi choragida oʻtkazilishi moʻljallangan. Bu haqida Palermo konferensiyasida qaror qilindi. Konferensiyada Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev va Liviyaarmiyasi bosh qumondoni Xalifa Xaftar ishtirok etishdi. Xaftarning bildirishicha, Liviya bilan Rossiya oʻrtasidagi doʻstona munosabat ijobiy natijalar berishligi aniq.

Sayfulislom Qazzofiy 1972 yilda dunyoga kelgan. U boshlangʻich taʼlimni Liviyada olib, keyinchalik Shveysariyada oʻqishini davom ettirgan. 1990 yillar oxiri va 2000 boshlariga qadar mamlakatda islohotlar oʻtkazilishi haqidagi loihalarni olgʻa surib chiqdi. Buyuk Britaniya va Liviya oʻrtasidagi tijorat aloqalarini qayta tiklash xususidagi muloqotlarda hissa qoʻshgan. 2011 yilda, Muammor Qazzofiy rejimining tanazzulga uchrashi asnosida Milliy shoʻro muxolafat guruhiga rahbarlik qilgan.Ammo tez oradayangi hukumat tomonidan qoʻlga olinib, 2015 yilda unga nisbatan oʻlim jazosi eʼlon qilindi. Ammo amnistiya tufayli ozodlikka chiqdi. 2018 yilning mart oyida SayfulislomLiviya prezidentlik lavozimiga oʻz nomzodini koʻrsatdi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.