Fransiyadagi norozilik namoyishlari kapitalizm va AQSH oʻyinlari oʻrtasida!

978
0

Fransiyadagi norozilik namoyishlari kapitalizm va AQSH oʻyinlari oʻrtasida!

Fransiya prezidenti Makron 2018 yil 10 dekabrda qilgan chiqishida ishchilarga yordam koʻrsatishini, jumladan eng kam ish haqini 100 yevroga koʻtarishini maʼlum qilgan boʻlsa-da, mana besh haftadirki norozilik namoyishlari toʻxtamayapti. Fransiya hukumati ham yoqilgʻi mahsulotlari soligʻini oshirish qarorini bekor qildi. Zotan, hukumatning yoqilgʻi mahsulotlari soligʻini oshirish haqidagi ayni qarori ushbu norozilik namoyishlari boshlanishiga, soʻng zoʻravonlik va sabotajga aylanib ketishiga turtki boʻlgan edi. Buning ortidan seshanba kuni taʼlim tizimida islohotlar olib borilishi talabi bilan talabalar namoyishi boshlanib ketdi. AQSH prezidenti Makronning ustidan kulib, uni har xil fitnalarga gijgijlay boshladi… Bu esa, bunda Amerikaning qoʻli borligi hamda kapitalistik tuzum sababli butun dunyoni zulm bosgani haqida kishini fikr yuritishga chaqirmoqda.

Makron oʻz xalqiga murojaat qilar ekan, ularning gʻazab va mashaqqatlarini “tushunayotgani”ini bildirdi! Bu bilan xuddi Tunisdagi Zaynulobidin bilan Misrdagi Husni Muboraklarni esga soldi. Chunki ular ham oʻzlariga qarshi koʻtarilgan xalqlariga ularning gʻazab va mashaqqatlarini “tushunayotgani”ini bildirishgandi, bildirib soʻng taxtdan agʻdarilishgan edi! “Biz yurtimizga nisbatan tarixiy bir bosqichdamiz”, dedi Makron. Zero, u oʻzining taqdiridan xavotirga tushib qoldi.

Bu haftada sof siyosiy talablar oʻrtaga chiqdi, namoyishchilar siyosiy jihatdan uyushtirilib, Makronni agʻdarishni maqsad qilgan “Gʻazabnok Fransiya” harakati namoyon boʻldi. Namoyishchilar “Biz tenglik boʻlishini istaymiz, biz yashashni istaymiz, bazoʻr yashashni emas”, deyishdi. Zero, Fransiya va boshqa Yevropa davlatlarida odamlar qiyin ahvolda, muhtojlikda amal-taqal yashashyapti. Chunki ular eng zarur asosiy narsalarini ham juda qiyinchilik bilan sotib olishmoqda. Bu Yevropadagi ahvolning real ifodasidir. Aldamchi yordamlar berilishiga qaramay, odamlar arang kun koʻrishyapti. Holbuki, maoshlardan ijtimoiy taʼminot hamda sogʻliqni saqlash sugʻurtasi uchun chegirib qolinadi… Bu yoqda tinkani qurituvchi soliqlar… Natijada, maoshga ishlovchilar qoʻlida juda oz maosh qoladi, kamoliy ehtiyojlarga oshmaydi. Kamoliy ehtiyoji uchun biror bir ashyo olmoqchi boʻlsa, sudxoʻrlikka asoslangan kreditga olishi mumkin boʻladi, ammo butun umrini sudxoʻrlik asosidagi qarzlarni uzish bilan oʻtkazadi. Shu bois u, qarz foizlari iskanjasida qolmaslik uchun asosiy ehtiyojlarigagina yetadigan eng kam ish haqini olib yashashga majbur. Shuning uchun aksar odamlarda uy-joy yoʻq, yoʻq boʻlgani uchun ham koʻchmas mulk kompaniyalaridan ijaraga uy olishadi. Yirik kompaniya va bank egalari boʻlgan boylar esa, yurt boyliklaridan aksar qismini oʻzlashtirib olishgan. Shuning uchun namoyishchilar ayni boylarga nisbatan gʻazablarining ifodasi sifatida, qasddan banklar va sugʻurta kompaniyalari oynalarini parchalashdi. Shu sababdan fransiyaliklar prezidentlarini “boylar prezidenti”, deb atashdi. Chunki ular shu fransiyaliklar hisobiga oʻz boyliklarini koʻpaytirgandan koʻpaytirib yotishibdi. Bu hol Gʻarb dunyosining hamma yerida mavjud va bunga ular eʼtiqod qilayotgan kapitalistik tuzum sabab. Bu tuzum sotsialistik tuzum yemirilishi hamda Islomning boshqaruvdan chetlatilishi ortidan butun dunyoni egalladi.

2018 yil 11 dekabrda Fransiyada Zalsburg (shahar nomi) hujumi boʻldi. Bu hujum Makronning murojaati ortidan hamda namoyishchilar uning islohotlari yetarli emasligini bildirib, bunga nisbatan norozilik aksiyasini boshlash bilan tahdid qilishlaridan bir kun oʻtib yuz berdi. Davlat oʻz xavfsizlik choralarini yanada kuchaytirganini eʼlon qildi va qurbon boʻlganlarga hurmat sifatida, shuningdek, hujum qilgan jinoyatchining yarador holda qochib ketganligi sababli undan ehtiyot boʻlish uchun namoyishchilardan koʻchalarga chiqmaslikni talab qildi! Natijada, hukumating roliga nisbatan shubhalar paydo boʻldi, chunki namoyishchilar hukumat bizning namoyishlarimizni toʻxtatish uchun fitna qilyapti, deb hisoblashdi. Ana shunda, hujumdan ikki kun oʻtib, hukumat hujumchi oʻldirilganini eʼlon qilishga va uni islomchi qilib koʻrsatishga majbur boʻldi. Holbuki, u Islomga amal qilmagan, balki qator jinoyatlar sodir etish bilan tanilgan kimsa edi! Ular Islom qiyofasini buzish hamda oʻzlarining kapitalistik tuzumlari adolatsizligidan shikoyat qilganlarni choʻchitish uchun har bir jinoyatni musulmonlarga toʻnkaydigan boʻlib qolishdi! “Terrorizm”ga qarshi kurash, degan narsani dastaklab, har bir odamni nazorat ostiga oluvchi qonunlar ishlab chiqa boshlashdi! Bunga 2018 yil 14 dekabrda Yevropa Ittifoqi qabul qilgan yangi qonunni misol qilish mumkin.

Boshqa jihatdan, kapitalizm ommaviy erkinliklar olib keldi, bu erkinliklar Fransiyani ochiq-sochiq va buzuq jamiyatga aylantirdi… Jamiyatda razolat, yoʻldan ozgan harakatlar va illatli fikrlar keng tarqaldi. Jamiyatga egoizm, loqaydlik, shahvatparastlik, dunyoparastlik hukmron boʻlib, odamlar oʻrtasida dahshatli farq yuzaga keldi. Chunki baʼzilar milliardlarga ega boʻlsa, baʼzilar sariq chaqaga muhtoj boʻlib, oddiy odamlar amal-taqal yashaydigan boʻlib qoldi. Jamiyat – istagan kimsa osongina yorib kirib, istagan fitnasini qiladigan, xorijiy kuchlar oʻz taʼsirini oʻtkazadigan, uni istagan yoʻliga yetaklaydigan moʻrt jamiyatga aylandi. 1968 yilda ham shunday boʻlgandi. Oʻshanda Sharl de Goll Fransiyani AQSHga qarshi yetaklagan, oqibatda AQSH maʼlum vositalarni ishga solib, ishchilar sinfi bilan talabalarni norozilik namoyishiga chiqarishga va nihoyat, de Gollni agʻdarishga muvaffaq boʻlgan edi. Zero, Fransiyada AQSH kompaniyalari bilan mustahkam aloqa qiluvchi yirik kompaniyalar bor. Shuningdek, kasaba uyushmalari va jamiyatlardan iborat fuqarolik tashkilotlari ham borki, ajnabiy kompaniyalar, xususan, AQSH kompaniyalarining ularga taʼsir oʻtkazib, yaqin aloqa qilishlari juda oson. 1981 yil Fransua Mitteran saylovda AQSH kompaniyalari bilan yaqin aloqada boʻlgan kompaniyalar taʼsirida gʻolib chiqdi va koʻplab masalalarda amerikacha yoʻlga ergashdi. Makron qudratga kelganda uni siyosatda de Goll va Mitteran siyosatini uygʻunlashtirgan yoʻldan yuradi, deyishgan. Yaʼni aytilgan ediki, u de Goll kabi Fransiyani Yevropaga yetakchi qilish orqali uning xalqaro rolini kuchaytiradi, shuningdek, Amerika Fransiyaning xalqaro mavqeini kuchaytiradigan rolni oʻynashiga ruxsat berishi uchun u xuddi Mitteran kabi Fransiyani Amerikaga yaqinlashtiradi.

Makron ayni siyosatni qoʻllashga urindi. Biroq u Tramp Eron yadroviy kelishuvidan chiqishga qaror qilganda, oʻtmishni unutib, AQSHga safar qildi va Trampni bu qaroridan qaytarishga urindi. Trampning qarori qatʼiyligini koʻrgach, tarvuzi qoʻltigʻidan tushib qaytdi… Tramp Yevropa manfaatlariga zarba berish uchun kelishuvdan chiqdi. Hatto amerikalik yuqori lavozimdagi mulozimlarga koʻra, Makronning AQSH safari chogʻida Tramp unga Yevropa Ittifoqidan chiqishni taklif qilgan va shunday qilishi muqobilida Amerika Fransiyani qoʻllab-quvvatlashini bildirgan. Ana shundan soʻng Tramp Yevropa Ittifoqqiga qarshi savdo urushi eʼlon qildi, 2018 yil 10 iyunda Kanadadagi Yettilik sammitida hamda 2018 yil 11-12 iyul kunlari Bryusseldagi NATO sammitida ikki tomon oʻrtasida dahanaki janglar boʻldi. Shunda Makron Amerikadan hech narsa ololmasligiga amin boʻldi. Qayta Yevropa bilan kuchayish va Amerikaga qarshi kurashish uchun Germaniya bilan hamkorlik qilish yoʻliga oʻtdi. Germaniya va Britaniya bilan birgalikda Eron yadroviy kelishuvini saqlab qolishlarini eʼlon qildi.

Fransiya prezidenti AQSHni kurashga chorlay boshladi. 2018 yil 9 noyabrda Tramp bilan uchrashganda Yevropa armiyasini tuzishga chaqirdi. Shunda Tramp gʻazab otiga minib, Tvitterda “Fransiya prezidenti Yevropani AQSH, Xitoy va Rossiyadan mudofaa qiluvchi maxsus Yevropa armiyasi tuzishni taklif qildi… Bu bizga nisbatan juda yuzsizlik”, deb yozdi. Makronga hujum sifatida beshta yozishma qoldirdi, ularning barchasida Makronning xalq orasida obroʻsi yoʻqligini eslatdi, goʻyo uni lavozimini tark etishga chaqirganday. Germaniya kansleri Merkel 2018 yil 13 noyabrda Yevropa armiyasi va Yevropa xavfsizlik kengashi tuzishga daʼvat qilish bilan Makronni qoʻllab-quvvatladi. Shuning uchun ham Amerika Yevropa ustidagi hukmronligini saqlab qolish maqsadida Ukrainada va Yevropa ichkarisidagi vaziyatni yanada taranglashtirishga, shu orqali Yevropa harakatiga zarba berishga urinmoqda.

Shu sababdan Tramp Fransiyadagi hodisalarga burnini suqib, masxara qila boshladi… 2018 yil 8 dekabrda Tvitterda bunday soʻzlar qoldirdi: “Parijda mahzun kun va mahzun tun hukmron. Aftidan, Parij shartnomasi ahmoqona va qimmatga tushadigan shartnoma koʻrinadi, soliqni pasaytirish bilan odamlarga pullarni qaytarib berish kerakka oʻxshaydi… Parij shartnomasi Parij uchun yaxshilik keltirmayapti. Yurtning hamma yeri namoyishlar va bezoriliklarga toʻldi”. Shunda Fransiya Tashqi ishlar vaziri AQSHdan Fransiyaning ichki siyosatiga aralashmaslikni talab qildi.

Shuning uchun Fransiyadagi norozilik namoyishlariga ham ichki siyosat va ham tashqi siyosat, xususan, Amerika siyosati sabab boʻlgan boʻlishi turgan gap. Zotan, Amerika de Goll va Mitteran zamonida Fransiyada bunday siyosatni muvaffaqiyatli sinovdan oʻtkazgan. Uning prezidenti Tramp Fransiyaning ichki ishiga toʻgʻridan-toʻgʻri aralashib, oʻz odatini va qilmishlarini yashira olmadi. U Yevropa Ittifoqini tarqatib, agʻdarib yubormoqchi va u buni yashirmay aytdi.

Shuningdek, Fransiyadagi hodisa odamlarni oʻz olovida kuydirayotgan kapitalistik tuzumning tabiiy natijasi hamdir. Shu bois, olam uchun yagona yechim, Islom mabdasidir. Islomdagi iqtisod nizomi boyliklarning taqsimlanishini hamda moddiy qadriyatlarni ham unutmagan holda, ruhiy, axloqiy, insoniy qadriyatlar bilan farovon hayot kechirishni taʼminlaydi. Albatta, bu Paygʻambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalikni barpo qilmasdan aslo amalga oshmaydi.

Roya gazetasining 2018 yil 19 dekabr chorshanba kungi 213-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.