Iordaniya rejimi shayx Yahyo Xabbosni qamoqqa oldi

403
0

Iordaniya rejimi shayx Yahyo Xabbosni qamoqqa oldi

Joriy yil 17 dekabr dushanba kuni Iordaniya xavfsizlik xizmati Hizb ut-Tahrir aʼzolaridan biri shayx Yahyo Xabbosni qamoqqa oldi. Uning uyi tintuv qilingach, oʻzi Zarqo razvedka boʻlimiga olib ketildi. Keyin u yerdan Zarqo mahkamasiga koʻchirildi va mahkama tomonidan unga Hizb ut-Tahrirga aʼzolik ayblovi qoʻyildi. Sudya shayxni ozod etish toʻgʻrisida qaror chiqargan boʻlsa-da, biroq xavfsizlik xizmati uni Zarqo meriga roʻpara qilish lozim, deb turib oldi. Oʻz navbatida, mustabid mer shayxning yoshi ulugʻligiga, qadr-qiymatiga, hatto qamoqqa olinishiga Islom daʼvatini yetkazganidan boshqa sabab boʻlmaganiga ham eʼtibor bermay, shayxni Mako turmasiga tashladi. Mer daʼvatni yetkazish va Islom hukmronligini oʻrnatishga harakat qilishni taqiqlash, surgun qilish va qamash kerak boʻlgan jinoyat, deb hisoblaydi!!

Shayx Yahyo masjid imomligidan nafaqaga chiqqan boʻlib, Qurʼoni Karimning tilovat va tajvid ahkomlaridan taʼlim bergan hamda odamlar oʻrtasini isloh qilish bilan tanilgan kishidir. Shunday bir inson bugun jinoyatchilar va sobiq sudlanganlar qatori qonunga roʻpara qilinmoqda!!

Bu soʻzlar Hizb ut-Tahrir-Iordaniya viloyati matbuot bayonotida kelgan. Bayonot soʻnggida, jumladan, bunday deyiladi: Iordaniya xavfsizlik xizmatining bu kabi qilmishi Hizb ut-Tahrir aʼzolari qaddini hargiz bukolmaydi. Ular Paygʻambarimiz A minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlatini barpo qilish orqali islomiy hayotni qayta boshlash faoliyatini toʻxtovsiz davom ettiradilar.

وَسَيَعْلَمُ الَّذِينَ ظَلَمُوا أَيَّ مُنقَلَبٍ يَنقَلِبُونَ

“Zolim kimsalar qay oqibat sari ketayotganlarini yaqinda bilib olurlar”[Shuaro 227]

Roya gazetasining 2018 yil 26dekabr chorshanba kungi 214-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.