Tramp Suriyadan AQSH qoʻshinlarini olib chiqib ketishni 4 oyga uzaytirdi

479
0

Tramp Suriyadan AQSH qoʻshinlarini olib chiqib ketishni 4 oyga uzaytirdi

AQSH prezidenti Donald Tramp Suriyadan 2 ming amerikalik harbiy xizmatchini olib chiqish muddatini toʻrt oygacha uzaytirishga rozi boʻldi. Bu haqda “Kommersantʼ” axborot agentiligi prezident maʼmuriyatidagi manbalarga tayanib xabar tarqatdi.

Avvalroq Tramp Suriyadan AQSH harbiylarning olib chiqib ketilishi 30 kun davomida yakunlanishini maʼlum qilgan edi.

AQSH prezidenti keyinroq manbalar soʻzlarini bilvosita tasdiqladi. “Donald Trampdan boshqa kimdir “ISHID” sababli tartib boʻlmagan Suriyada men amalga oshirgan ishni qilganda, milliy qahramon boʻlar edi”, – deb yozdi Tramp Twitterʼdagi sahifasida. Uning soʻzlariga qaraganda, qoʻshinlar olib chiqilishi muddatining uzaytirilishi “ISHID” qoldiqlarini yoʻq qilish uchun zarur.

19 dekabr kuni Tramp Suriyadan Amerika qoʻshinlarini olib chiqishni boshlashini maʼlum qilgan edi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.