Oq uy Afgʻonistondagi harbiylar olib chiqilishi haqidagi xabarlarni rad etdi

226
0

Oq uy Afgʻonistondagi harbiylar olib chiqilishi haqidagi xabarlarni rad etdi

AQSH prezidenti Donald Tramp Pentagonga Afgʻonistondagi harbiylarni olib chiqish haqida farmon bermagan. Bu haqda AQSH Milliy xavfsizlik kengashi matbuot kotibi Garrett Markis Bloomberg muxbiriga maʼlumot berdi.

Afgʻonistondagi xalqaro harbiy kontingentga boshchilik qiluvchi general Skott Miller ham bunday buyruq olmaganini tasdiqlagan.

21 dekabr kuni Amerikadagi nashrlar 17 yil oldin Afgʻonistonga olib kirilgan amerikalik harbiylarning ortga qaytarilishi boshlanishi, Pentagon 2019 yilning yanvar oyida bu mamlakatdagi 14 ming nafar harbiydan 7 ming nafarini olib chiqishi haqida yozgandi.

Shu kuni AQSH Mudofaa vaziri Jeyms Mettis isteʼfoga chiqdi. OAV bu isteʼfoni vazirning Donald Tramp bilan harbiylarni Suriya va Afgʻonistondan ortga qaytarish gʻoyasi boʻyicha hamfikr boʻlmagani bilan bogʻladi.

19 dekabr kuni AQSH prezidenti Donald Tramp “ISHID” ustidan toʻliq gʻalaba qozonilganini eʼlon qilgan va amerikalik harbiylarga Suriyani tark etishga buyruq bergandi. Keyinroq u Suriyadagi jangarilar qoldiqlariga qarshi kurash Rossiya, Turkiya va Eron kabi mamlakatlar tomonidan olib borilishi kerakligini aytdi.

Javob qoldiring:

Please enter your comment!
Please enter your name here

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.