Juma xutbalarida Hitoy masalasi koʻtarildi

789
0

Juma xutbalarida Hitoy masalasi koʻtarildi

28-dekabr juma kuni masjidlarda Hitoy masalasi haqida xutbalar qilindi. U nutqlardagi maʼnolarni asosan quyidagi ikki bandda mulohaza qilish mumkin:

1. Hitoy bilan boʻlgan muomala juda chalkash boʻlib, uni oddiy halq tushuna olmaydi. Modomiki tushunmas ekan, demak unga aralashmaslik kerak. Aks xolda boshbodoqlik kelib chiqadi.

2. Bu masalani butunlay xokimimyatga topshirish kerak va unga itoatda boʻlmoq darkor.

Endi, avvalam bor shu gaplarning kanchalik asosli ekanligiga eʼtibor qaratmoqchimiz.

Birinchi band haqda aytamiz-ki, imomlarimizning halqni boshbodoqlikdan ogohlantirishi albatta yaxshi ishdir. Ammo shu yaxshiliqning ortida yomonliklar yashirilishi esa juda mudhish ishdir. Chunki xutbalarda avval ogohlantirish oʻrin olsa ham, aslida xutbadan maqsad u emas ekan. Undan keyin ham boshqa gap-soʻzlar boʻlib, ulardan Hitoyga qarshi chiqmaslikga, uning kirishiga boʻysunishga boʻlgan daʼvat aniq-ravshan koʻrinib turibdi.

Shuningdek, imomlarimizning “Hitoy masalasini oddiy halq tushunib yetmaydi” degan gaplari ham haqiqatdan yiroqdir. Chunki Hitoyning kirib kelishi vokeda shundoqgina koʻrinib turibdi. Odamlar bu vokeliklar haqda sogʻlom fikrlar yuritib, koʻp narsalarni tushunib yetishdi. Xa, komil anglab yetishning imkoni boʻlmay turibdi, chunki bunga tegishli maʼlumotlar yetarli emas. Ammo ayni paytda halqimizga “tushunmaysan, tinch oʻtir” deb aytish notugʻridir. Aksincha, odamlarni tushunmagan joylarini tushinib olishga daʼvat qilish kerak. Negaki, bu masala ularning xayotiy masalasidir, bu masala ularning taqdiriy masalasidir.

Ikkinchi band haqda aytadigan boʻlsak, Hitoy masalasini butunlay xokimiyatga topshirish uchun, ularga nisbatan ishonch boʻlishligi kerak. Modomiki, xokimiyatning oʻzi Hitoyning kirib kelishidan manfaatdor ekan, qanday ularga bu masalani topshirib qoʻyish mumkin, axir. Jada qolsa, shu paytda xokimiyat Hitoy bilan boʻlgan muomalani “daxlsiz” sanab, uni oqlovchi va himoya qilguvchi pozitsiyaga oʻtib oldi. Bu esa halqning xokimiyatga boʻlgan ishonchini battar soʻndiradi.

Shu oʻrinda imomlarimizning “itoat” borasida aytganlariga ham toʻxtalib oʻtmoqchimiz. Ular xozirgi xokimlarga itoatda boʻlishni nasixat qilishdi. Lekin, buning qarshisida, xokimlarimizning Hitoyning kirib kelishiga yoʻlaklar ochishi, uning manfaatlarini himoya qilishlari shariatimizga ziddir. Shunday ekan, bu borada xokimlarimizni muxosaba qilish barchamizga, jumladan imomlarimizga ham vojibdir.

Baʼzi imomlarimiz bunday xutbalar qilishlik muftiyot tomonidan koʻrsatma boʻlib kelganligini aytishdi. Demak-ki, muftiyotga xokimiyat tarafidan koʻrsatma kelgan. Chunki xozir xokimiyat Xitoy bosqinini niqoblash, xatti-xarakatlarini oqlash, manfaatlarini himoya qilish pozitsiyasini tutmoqda xamda bu borada davlat “mashina”larini ishga solmoqda. Masalan, provokatsion maʼlumotlar tarqatganligi uchun oddiy fuqarolarni ushlab, tiz choʻktirdi. Ularni “uchinchi kuchlar” foydalanishligi extimoli bilan taxdid qilyapti. Ayni paytda Rossiya yoki Amerika kabi davlatlarning josuslarini ushlash buyoqda tursin, xatto uchinchi kuchlar ana shu davlatlar ekanligini aytishga jurʼat qilolmaydi. Aslida oʻsha katta kuchlar (derjavalar) Hitoy bilan musobaqalashib, uning kirib kelishiga xufyona toʻsiqlarni qoʻymoqdalar.

Shuningdek, xokimiyat oʻzini goʻyo provokatsion xarakatlarni fosh etayotgandek koʻrsatmoqda, aslida esa, boshqa haqiqatlarni yopish uchun ularni ishga soliyapti. Masalan Hitoyning Qirgʻizistonni ulkan qarzlarga gʻarq qilayotgani, hitoy investorlarining konlarimizni tashib ketayotgani, hitoylik kompaniya xodimlarining qirgʻiz fuqarolariga nisbatan qoʻllayotgan zoʻrovonliklari, hitoylarning qirgʻiz fuqaroligini olayotgani – bularning xammasi haqiqatdir. Endi shu haqiqatlarni bitta-ikkita provokatsion xarakatlar bahonasida yopishga urinishligi – xokimiyat tomonidan sodir etilgan insofsizlikdir. Bunday xolda u yana oʻz ishonchini yoʻqotadi. Ehtimol provokatsion xarakatlarni davlat oʻzi uyushtiryapti, degan shubhani ham oʻygʻotadi. Chunki davlat shular bahonasida butun noroziliklarni bostirishga kirishishligi mumkin.

Shulardan kelib chiqib, juma kungi xutbalar ham shu siyosat doirasida olib borildi deb xisoblaymiz va shu munosabatda xokimiyatga eslatma yoʻllaymiz:

Ey xokimiyat xodimlari, sizlar ham shu halq farzandlarisiz, xatto qaymoqlarisiz. Shuning uchun, halqning mustamlakachilikga qarshi chiqishlariga xilof pozitsiya egallash oʻrniga, ularning oldingi safida turinglar. Odamlarni toʻgʻri yoʻnalishga yetaklangiz. Chunki Ollox xuzurida ham, banda oldida ham shundan javobgarsiz. Agar Hitoy xavf-xatarini aniq koʻrsatib berib, unga qarshi loyiha ishlab chiqsangiz va bu bosqinchilikniing oldini olsangiz – bu barchamizning najotimizdir.

Hizb-ut-Tahrir – Qirgʻiziston matbuot boʻlimining raisi AbdulXakiym

29. 12. 2018.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.