Tramp AQSH iqtisodiyotidagi yomon holat uchun markaziy bankni aybladi

240
0

Tramp AQSH iqtisodiyotidagi yomon holat uchun markaziy bankni aybladi

AQSH prezidenti Donald Tramp birjalardagi stavkalarning keskin pasaygani uchun AQSH markaziy bankini malomat qildi. Trampning daʼvo qilishicha, Amerika iqtisodiyotdagi muammolarning kelib chiqishi faqat AQSH markaziy bankiga borib taqaladi.

Tramp oʻzining tvitterdagi rasmiy sahifasi orqali bergan bayonotida AQSH Markaziy banki bozorlarni va “tijoriy urushlar”ni yaxshi tushuna olmasligini tanqid qildi.

“Iqtisodiyotimizdagi yagona muammo AQSH Markaziy bankidir. Ular bozorning tilini anglamaydi. Tijoriy urushning ahamiyatini yoki kuchli dollarni, hatto mamlakatimiz chegaralari sababli hukumatning yopilishi kerakligini ham tushunishmaydi. AQSH Markaziy banki xuddi kuchli golf oʻyinchisiga oʻxshaydi. Oʻzining ballini oshira olmaydi, chunki u toʻpni yengil urishni bilmaydi”, dedi AQSH prezidenti.

Xabarlarga koʻra, Dou Jons birjasining indeksi dushanba kuni 650 ballga tushib ketgan. Dou Jons 1931 yildan yuz bergan buyuk inqirozdan buyon birinchi marta bunchalik yomon holatga duch kelganligi aytilmoqda.

Xitoy bilan yuzaga kelgan keskinlik, Oq uy va Kongress orasidagi byudjet masalasida kelishmovchiliklar hamda Trampning AQSH Markaziy banki rahbari Jerom Pauellni ishdan boʻshatishi haqida tarqalgan mish-mishlarning bu pasayishda katta taʼsiri boʻlganligi aytilmoqda.

Javob qoldiring:

Please enter your comment!
Please enter your name here

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.