Tojikistonda hijobli ayollarning davlat va xususiy idoralarga kirishi qonunan man etiladi

881
0

Tojikistonda hijobli ayollarning davlat va xususiy idoralarga kirishi qonunan man etiladi

Tojikiston kuch organlari tashabbusi bilan, bundan keyin hijobli ayollaring vazirliklar va maxsus idora-korxonalarga kiritilish qonun man etiladi. Ushbu qonun loihasi haqida Tojikiston qonunchilik markazinining vakili Radioi Ozodiga maʼlum qildi.

“Tojikiston jumhuriyatining prezident qoshidagi Milliy qonunchilik Markazi Xotin-qizlar bilan ishlash qumitasining talabiga binoan bir ishchi guruh tashkil qilindi. Bu ishchi guruh faoliyatiga binoan har qanday hijobli ayolning, irqi, nasli nasabidan qatʼiy nazar, davlat muassasalari, idora va hatto nodavlat tashkilotlarga kirishi qonunan man etiladi”, dedi vakil.

Jamiyat faollaridan biri Munira Shahidiyning fikricha, har qanday libosga cheklov qoʻyish notoʻgʻridir. “Bu narsaga bira toʻla qonun qabul qilinishidan foyda yoʻq, chunki agar tushintirish ishlari taʼsir qilganda edi, shu kungacha natijasi maʼlum boʻlardi.Menimcha, tushuntirish ishlarini oʻrta maktablardan, hatto ibtidoiy sinflardan boshlash foydadan xoli emas. Maktab va oliy oʻquv muassasalarida millatimizga xos libos kiyish va yot saqofatini qabul qilmaslik xususida maxsus oʻquv darsliklari joriy etilishi zarur”, deydi Shahidiy.

Tojikiston fuqarosi,Farxorviloyati turgʻuni Abdurashid Safarov bu qonunga qarshi oʻz fikrini bildirib shunday deydi: “Men mutlaqo bu qonuning qabul qilinishi va jamiyatda joriy etilishiga qarshiman. Men 2 – darajadagi nogironman, 2 farzandim bor.Ayolim ham nogiron, biz uchun har oyda bir marotaba shifokorlar koʻrigidan oʻtishimiz zaruratga aylangan. Agar qonun qabul qilinsa, ikki qizimning onasi turmush oʻrtogʻimning holi nima kechadi? Holbuki qonunga binoan hijobli ayol sogʻliqni saqlash muassasalariga kiritilishiman etiladi. Hijob boʻlsa Yaratvuchimizning hukmi, biz aslo bundan voz kechmaymiz”.

Xabarda aytilishicha, bu qonunni qabul qilishdan oldin bir necha yil davomida hijobli ayollar orasida targʻibot va tushuntirish ishlari yoʻlga qoʻyilgan, “chiroyli pand-nasihatlar” bilantojik millatiga “yot” liboslardan voz kechishga chaqirilgan. Ammo shunga qaramayvoqeʼlikda buning aksi oʻlaroq kundan kunga hijobli xotin-qizlar soni tobora oshib bormoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.