Eron ham afgʻon hukumati va “Tolibon” oʻrtasida vositachilik rolini bajarishga kirishdi

1404
0

Eron ham afgʻon hukumati va “Tolibon” oʻrtasida vositachilik rolini bajarishga kirishdi

Eron xavfsizlik kengashi kotibi Ali Shamxoniy Qobulga tashrifi vaqtida “Tolibon” harakati vakillari bilan muzokara oʻtkazilganini maʼlum qildi. Bu haqida “Tasnim” agentligi xabar qilmoqda.

U bu haqda Afgʻoniston prezidentining milliy xavfsizlik boʻyicha maslahatchisi Hamdulla Muhib boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuvda xabar qildi.

“Biz Afgʻoniston hukumatini xabardor qilgan holda “Tolibon” harakati bilan qator maslahatlashuv va muzokaralar oʻtkazdik. Bu amaliyot kelgusida ham davom etadi”, – dedi Ali Shamxoniy.

U mazkur muzokaralar Afgʻonistonda xavfsizlik muammosini hal qilishga yordam berish maqsadida oʻtkazilganini bildirgan.

17-18 dekabr kunlari Abu-Dabida toliblar va AQSH vakillari oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtgan, unda Saudiya Arabistoni va Pokiston delegatsiyalari ham qatnashgandi.

9 noyabrda Moskvada boʻlib oʻtgan maslahatlashuvlarda esa Rossiya, Afgʻoniston, Hindiston, Eron, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Xitoy, Pokiston, AQSH, Tojikiston va Oʻzbekiston vakillari qatnashgandi. Bunday miqyosdagi xalqaro uchrashuvda ilk bor “Tolibon” harakati siyosiy ofisi delegatsiyasi ham ishtirok etgandi.

Turkiston:

Afgʻoniston yana xalqaro siyosatda markaziy oʻrinni egallab boryapti. Xalqaro siyosatda taʼsirli davlatlarning Tolibon harakatiga boʻlgan eʼtibori kuchayib borayotgani fikrimizga dalil boʻla oladi. Ularning har birining oʻziga xos manfaatlari mavjuddir. Shu sababli Afgʻoniston yana harbiy va siyosiy toʻqnashuv mintaqasiga aylanib boryapti.

Avvalda Afgʻoniston SSSR bilan AQSH oʻrtasidagi strotegik harbiy front vazifasini oʻtab, bir necha oʻn yillar mobaynida urush holatida turgan boʻlsa, endi Rossiya, AQSH va Xitoy oʻrtasida turib qoldi! Eron, Oʻzbekiston, Pokiston singari mayda davlatlar oʻsha yirik davlatlarning manfaatlari asosida ish olib boruvchi yugurdaklari, desak toʻgʻri boʻladi! Bu mayda yugurdak davlatlar oʻz birodarlarini fitna yoʻllari bilan yirik yirtqich davlatlarning tuzogʻiga tushirib berib, oʻzlari ulardan ortgan chiqindilar bilan ozuqalanmoqchi boʻlishadi! Falastin, Suriya, Liviya, Afgʻoniston, Iroq…. xiyonatlarida bunga aniq guvoh boʻlib boryapmiz!

Tolibon harakati, xalqaro siyosatning Afgʻoniston strotegiyasini belgilashida tamal toshiga aylanib qoldi. Yaʼni u Afgʻon xalqi bilan birlashib, AQSH bosqinchiligi ustidan deyarlik gʻalaba qozona olgan islomiy jamoa boʻlib, mamlakatning katta qismini egallab oldi. Afgʻoniston strotegik jihatdan oʻta ahamiyatli regionda joylashgan mamlakatdir, hozirda u Oʻrta Osiyo mamlakatlari uchun Rossiyaga alternativ boʻlgan olam bilan aloqa oʻrnatish mumkin boʻlgan mintaqa boʻlib turibdi. AQSH Afgʻonistondan shu maqsadda foydalanmoqchi boʻlib, Tolibon bilan tinchlik bitimi tuzish asosida harakat olib boryapti. Rossiya esa, aksincha Tolibon bilan Afgʻon hokimiyati oʻrtasidagi keskinlikni kuchaytirish maqsadida, unga qurol yaroq taklif qilmoqchi. Xitoy ham, Markaziy Osiyodagi manfaatlarini himoya qilish bilan birga Uygʻuristondagi zulmlariga qarshi mintaqada kelib chiqishi mumkin boʻlgan keskinliklarni oldini olish maqsadida Avgʻoniston muammosiga aralasha boshladi.

Lekin Afgʻonistonda shakllanib borayotgan xalqaro siyosatdagi oʻzaro keskinliklar, yirik davlatlarning Oʻrta Osiyo mintaqasida joylashgan manfaatlari ustida boryapti. Shuning uchun Afgʻoniston muammosi Qirgʻiziston, Tojikiston, Oʻzbekiston, Turkmaniston va Qozogʻiston davlatlarining ham muammosi boʻlib, u yerdagi keskinliklar biz tomonga taʼsir koʻrsatmay qolmaydi.

Tolibon esa, Afgʻoniston orqali oʻtishi kutilayotgan yangi tranzit yoʻllar uchun strotegik ahamiyatga ega hududing egasi boʻlib qoldi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.