AQSH Suriyaniqayta tiklash vazifasini saudlarga topshirdi

577
0

AQSH Suriyaniqayta tiklash vazifasini saudlarga topshirdi

AQSH Suriyadan askarlarini olib chiqish qaroridan soʻng u yerdagi vazifalarni taqsimlash davom etar ekan, Suriyani qayta tiklash vazifasini Saudiya Arabistoniga topshirdi. Trampning maʼlum qilishicha, Suriyani qayta tiklash uchun zarur boʻlgan xarajatni AQSHning oʻrniga Saudiya Arabistoni sarflashga “rozi” boʻlgan.

AQSH prezidenti Donald Tramp oʻzining Twitter sahifasi orqali bergan bayonotida Suriyaning rekonstruksiyasiga Saudiya Arabistoni “yordam” berishini alohida taʼkidlab, Qirol oilasiga tashakkur bildirdi.

“Suriyani qayta tiklash uchun zarur boʻlgan mablagʻni AQSHning oʻrniga Saudiya Arabistoni sarflashni qabul qildi. Koʻrdingizmi?! 5000 mil uzoqlikdagi buyuk davlatning oʻrniga juda boy mamlakat oʻz qoʻshnisini qayta qurishga yordam koʻrsatishi yaxshi emasmi? Rahmat senga, Saudiya!”, dedi Tramp.

Ayni paytda AQSH Davlat departamenti matbuot kotibi Roberto Palladino jurnalistlarga bergan intervyusida, AQSH Suriyadagi siyosiy jarayonda Rossiya bilan hamkorlikda harakat olib borishini bildirdi.

“(Suriya masalasida) BMT va Rossiya bilan birgalikda ishlashda davom etamiz. BMT Xavfsizlik Kengashining 2254 farmonida koʻzda tutilgan siyosiy yoʻldan olgʻa yurish uchun barcha chora-tadbirlarni targʻib qilishda davom etamiz”, dedi Palladino.

Biroq Rus siyosatchilariing fikricha, AQSH harbiylarini Suriyadan olib chiqish qarori Rossiyaga qaratilgan. Ularga koʻra, Tramp bu bilan Rossiyaning Suriyada qolishini istamayotganiligiga ishora qilmoqda.

“Suriyada siyosiy yechim jarayoni davom etmoqda. Aslida AQSHning Suriyadagi mavjudligi noqonuniy edi. Rossiya Istanbuldagi sammitda Turkiya, Germaniya va Fransiya bilan tuzilgan qarorga muvofiq Suriya konstitutsiyaviy qoʻmitasini tashkil etish uchun qoʻlimizdan kelganini qilyapmiz”, dedi Rossiya federatsiyasi kengashi raisi Matviyenko, AQSH askararini Suriyadan olib chiqish haqida bergan bayonotida.

Matviyenko AQSHning Suriyadan chiqib ketish qarori Suriyadagi rus askarlarining mavjudligiga hech qanday taʼsir qilmasligini bildirdi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.