AQSH Afgʻonistondan qoʻshinlarini olib chiqib ketsa, Xitoy barqarorlikni saqlashda koʻmak bermoqchi

1025
0

AQSH Afgʻonistondan qoʻshinlarini olib chiqib ketsa, Xitoy barqarorlikni saqlashda koʻmak bermoqchi

AQSH harbiylari soni Afgʻonistonda kamayadigan boʻlsa, Xitoy hukumati bu mamlakatda tinchlik va barqarorlikni saqlashda koʻmak beradi. Bu haqda Xitoy TIV rasmiy vakili Xua Chunin maʼlum qildi.

“Qoʻshma Shtatlar qanday harakat qilish kerakligini oʻzi hal qiladi. Xitoyga keladigan boʻlsak, biz boshidanoq Afgʻoniston masalasida yagona va oʻzgarmas pozitsiyada turibmiz. Xitoy ilgarigidek, Afgʻoniston muammosi tinchlik, barcha manfaatdorlar tomonlarning birlashishi yoʻli orqali yechilishi tarafdoridir”, – dedi u.

Uning soʻzlariga koʻra, Pekin Afgʻonistondagi nizoni kuch ishlatish yoʻli bilan hal qilish imkoniyatini inkor etadi.

“Xavfsizlik, barqarorlik va Afgʻonistonning rivojlanishi nafaqat ushbu mamlakat, balki butun Janubiy Osiyo mintaqasiga ijobiy taʼsir koʻrsatadi”, – dedi Xua Chunin.

Oʻtgan haftada CNN telekanali AQSH prezidenti Donald Tramp 2019 yil yanvarida Afgʻonistondan yetti minggacha amerikalik harbiylar olib chiqib ketilishi haqida maʼlum qilish mumkinligini bildirgandi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.