Putin diqqatni Suriyadan Afgʻonistonga burmoqda

881
0

Putin diqqatni Suriyadan Afgʻonistonga burmoqda

Rossiya prezidenti Vladimir Putin poytaxt Moskvada AQSHning Suriyadan chiqish qarori haqida bayonot berdi. Putinning taʼkidlashicha, Suriyada magʻlub etilgan ISHID tashkilotining aʼzolari Afgʻoniston va Markaziy Osiyo davlatlariga xavf solishi mumkin.

“AQSH askarlarining Suriyani tark etishi aynan nimani anglatishini bilmayman. Shunday boʻlsa-da prezident Donald Trampning ISHID ustdan gʻalaba qozonganligi daʼvosiga umumiy maʼnoda qoʻshilaman. Lekin ISHIDning yangidan oyoqqa turish xavfi mavjud”. “Terror tashkilotlari endi Afgʻoniston va qoʻshni mamlakatlarga sizib kirish xavfi kuchayadi. Oʻz mamlakatiga qaytish xavfi ham mavdud. Bu ham Amerika Qoʻshma Shtatlari, Rossiya, Yevropa va Markaziy Osiyo uchun xavf tugʻdiradi”, “Afgʻonistondagi vaziyat tufayli Tojikistondagi harbiy bazani kuchaytirishimiz lozim”. dedi Rossiya prezidenti.

Shuningdek Putin Afgʻoniston uchun oʻtkazilgan tinchlik muzokaralari haqida soʻz yuritar ekan, Tolibon harakatini jiddiy qabul qilish kerakligini taʼkidladi. Chunki Putinga koʻra, ular mamlakatning katta qismini idora etishmoqda.

“Afgʻonistonda tinchlik muzokaralari uchun Tolibon jiddiy qabul qilish kerak. Chunki mamlakatning muhim ahamiyatga ega qismi ularning qoʻlida”, dedi u.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.