Ruhoniy: AQSHning Yaqin Sharqdagi siyosiy diktati davri poyoniga yetdi

165
0

Ruhoniy: AQSHning Yaqin Sharqdagi siyosiy diktati davri poyoniga yetdi

AQSHning Yaqin Sharqdagi diktati davri poyoniga yetdi, Vashington Yaqin Sharq mintaqasida boshqa oʻz amrini oʻtkazishga qodirmas. Bunday fikrni Eron prezidenti Hasan Ruhoniy Tehronda Turkiyaga safarga ketishidan oldin aytib oʻtdi.

“Bizning aksariyat qoʻshnilar, jumladan Turkiya Amerikaga AQSHning siyosiy diktati davri poyoniga yetganinini bildirib qoʻydi. Vashington oʻzidan ming kilometr olisda boʻlgan mintaqada boshqa oʻz amrini oʻtkazishga qodir emas”, deb aytgan Ruhoniy.

Eron prezidentining aytishicha, Tehron Turkiyani “mintaqadagi doʻstona va obroʻli ishtirokchi” sifatida qabul qiladi. “Oxirgi oylarda Turkiya prezidenti Rajab Erdogon AQSHning Eronga qarshi sanksiyaviy fitnasiga qarshi qatʼiy va konstruktiv pozitsiyani egalladi”, deb qoʻshimcha qilgan Ruhoniy.

Eron prezidenti “Turkiyaga safari davomida mintaqaviy va xalqaro masalalar boʻyicha ikki tomonlama muzokaralar boʻlib oʻtishini” taʼkidlab oʻtgan. Jumladan, uning aytishicha, iqtisodiy, xususan, savdo, bank va energetika sohasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilinadi.

Ruhoniy Turkiya prezidenti taklifi bilan 19 dekabrda Turkiyaga ikki kunlik rasmiy safar bilan joʻnadi. Ruhoniyning Turkiyaga tashrifining asosiy vazifalaridan biri Eron va Turkiya oʻrtasida oliy darajadagi hamkorlik kengashining 5-yigʻilishini oʻtkazishdan iborat.

Javob qoldiring:

Please enter your comment!
Please enter your name here

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.