Saudiya Arabistoni AQShni ayblab chiqdi

56
0

Saudiya Arabistoni AQShni ayblab chiqdi

 Saudiya Arabistoni AQShdan podshohlik ichki ishlariga ochiqdan-ochiq aralashuvni toʻxtatish va davlatning dunyodagi hamda mintaqadagi pozitsiyasiga zarar yetkazmaslikni talab qildi. Bu haqda podshohlik Tashqi ishlar vazirligi bayonot bilan chiqdi.

 Ar-Riyod bir qator masalalar boʻyicha AQSh senatining asossiz va tushunarsiz ayblovlarini rad etadi. Matnda aytilishicha, podshohlik BMTning 2216-rezolyutsiyasi va boshqa avval erishilgan kelishuvlar asosida Yamandagi siyosiy vaziyatga yechim topish uchun saʼy-harakatlarni davom ettiryapti. Shuningdek, qayd etilishicha, Saudiya Arabistoni bundan avval jurnalist Jamol Qoshiqchining oʻldirilishi jinoyat ekani, u podshohlik va uning siyosatiga aloqador emasligi haqida maʼlum qilgan.

 Saudiya Tashqi ishlar vazirligining eslatishicha, mamlakat Qoʻshma Shtatlar bilan hamkorlikni davom ettirishga tayyor, shuningdek, xalqaro terrorizmga qarshi kurashga oʻz hissasini qoʻshishdan toʻxtamaydi.

 Avvalroq AQSh senatori Saudiya shahzodasi Qoshiqchining oʻldirilishiga aloqador ekanini maʼlum qilgandi.

 “Bu jinoyat Muhammad bin Salmonning koʻrsatmasiga koʻra tashkillashtirilgan va rejalashtirilgan, degan xulosaga kelmaslik uchun odam ataylab oʻzini koʻr qilib koʻrsatishi kerak. U avvalboshdan Qoshiqchining oʻlimiga aloqador boʻlgan”, – dedi senator Robert Korker jurnalistlarga.

 Uning qoʻshimcha qilishicha, MRB hisobotiga koʻra, jurnalistni oʻldirishda ishtirok etgan jamoa uning jasadini boʻlaklab tashlashda yordam koʻrsatish uchun sud ekspertini taklif qilgan.

Javob qoldiring:

Please enter your comment!
Please enter your name here

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.