Konashenkov: Pentagon Shoyguning taklifini nazarga ilmayapti

490
0

Konashenkov: Pentagon Shoyguning taklifini nazarga ilmayapti

 Pentagon Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoyguning Oʻrta va kichik masofadagi raketalar toʻgʻrisidagi bitimga amal etish muammosini muhokama qilish boʻyicha taklifini eʼtiborsiz qoldiryapti, deya maʼlum qildi RF Mudofaa vazirligi vakili Igor Konashenkov.

 Uning soʻzlariga koʻra, Shoygu amerikalik hamkasbi Jeyms Mettisga Oʻrta va kichik masofadagi raketalar toʻgʻrisidagi bitim boʻyicha ikki davlat oʻrtasidagi qarama-qarshilikni muhokama etishni taklif qilgan.

 “Orada uch kun oʻtib ham, Rossiya Mudofaa vazirligining bu taklifiga AQSh harbiy mahkamasi rasmiy munosabat bildirgani yoʻq”, – deya maʼlum qildi Konashenkov.

 Shoygu tomonidan Mettisga berilgan yana bir nota Suriyadagi vaziyatga tegishli boʻlgan.

 AQSh va NATO Rossiyani oʻrta va kichik masofadagi raketalar toʻgʻrisidagi bitimni buzganlikda ayblamoqda – 9M729 raketa tizimi uning shartlariga zid ekani aytiladi. Rossiyaning iddao qilishicha, ushbu raketa masofasi 500 kilometrdan oshmaydi, bitim shartlari esa buzilmagan. 4 dekabr kuni AQSh agar Rossiya 60 kun ichida uni bajarishga qaytmasa, bitimdan chiqishi haqida maʼlum qilgan edi.

 Avvalroq AQSh qurollarni qisqartirish toʻgʻrisidagi yana bir bitimdan chiqib ketishi mumkin ekani xabar qilingandi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.