Mudofaa uchun 716 mlrd dollar sarflashni “axmoqlik” deb atatagan Tramp fikrini oʻzgartirdi

880
0

Mudofaa uchun 716 mlrd dollar sarflashni “axmoqlik” deb atatagan Tramp fikrini oʻzgartirdi

Amerika prezidenti Donald Tramp AQSh mudofaasi uchun davlat byudjetidan oʻtgan yili 716 milliard dollar ajratilganligini “axmoqlik” deb atatadi.

“Ishonchim komilki, kelajakda Xitoy prezidenti Shi, Rossiya prezidenti Putin va men birgalikda nazoratdan chiqib ketayotgan qurol-yaroq poygasiga aylangan narsani toʻxtatish haqida muzokarani boshlaymiz. AQSh bu yil 716 milliard dollar sarfladi. Bu axmoqlik!”, dedi Tramp.

Biroq oradan bir hafta oʻtgach, Trampning mudofaa uchun Amerika tarixidagi eng yuqori koʻrsatgach, yaʼni 750 milliard dollar sarflash niyati borligi maʼlum qilindi. Trampning fikri nima uchun oʻzgarganligi maʼlum emas.

Tramp 3 dekabrь kuni oʻzining tvitter sahifasi orqali mudofaa uchun 716 milliard dollar ajratilishini “axmoqlik” deb atatashi ortidan darhol 4 dekabrь kuni Vakillar palatasi va Senatning Qurolli kuchlar boʻyicha komissiyasi raislari, shu jumladan mudofaa vaziri Jeyms Mattis bilan uchrashuv tashkil qilingan.

“Politico” axborot agentligiga intervyu bergan Tramp maʼmuriyatining rasmiylaridan biri yigʻilish chogʻida mudofaa uchun 750 milliard dollar ajratishga qaror qilinganligini bildirdi. Biroq, bu haqida rasmiy bayonot berilgani yoʻq.

AQSh mudofaa vazirligining masʼullari mudofaa uchun davlat byudjetidan ajratilgan miqdor, taklif qilingan raqamdan zarracha kam boʻlsa ham, xavf tugʻilishi va yomon oqibatlarga olib kelishi mumkinligidan ogohlantirishmoqda.

AQSh mudofaa vazirligining masullaridan biri “CNN” kanaliga aytishicha, AQSh armiyasi dunyoda eng qudratli kuch sifatida qolishi lozim.

“(AQSh mudofaa) vazirligi qoʻshinlarimizning dunyodagi eng qudratli kuch boʻlib qolishini taʼminlash uchun harakat qilmoqda. Pentagon erisha oladigan eng yuqori raqamni belgilash uchun AQShning byudjet va boshqaruv idorasi bilan birgalikda ish olib boryapmiz”, dedi masʼul.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.