Qirgʻiziston “inson huquqlari” kunini nishonlashi harom

1568
0

Qirgʻiziston “inson huquqlari” kunini nishonlashi harom

 1948-yili 10-dekabrda BMT bosh assambleyasi “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi”ni qabul qilgan. 1950-yildan buyon bu sanani bayram sifatida nishonlash barcha aʼzo davlatlarga yuklab qoʻyilgan. Shuning uchun ham bu kun Qirgʻizistonda har yili nishonlanadi va joriy yil “deklaratsiya”ning 70 yillik munosabati bilan Qirgʻizistonda alohida tadbirlar oʻtkazilishi tayinlanmoqda.

 Aslida, bu huquqlar deklaratsiyasi majburiy emasligiga qaramay, undan ijro etilishi majburiy boʻlgan xalqaro bitimlar kelib chiqqan. U bitimlarning biri iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar toʻgʻrisida xalqaro pakt; ikkinchisi esa fuqarolik va siyosiy huquqlar toʻgʻrisida xalqaro pakt. Ushbu xalqaro majburiyatlarning har bir moddasini tekshirib chiqqan odam bularning hammasi “yaltiroq” soʻzlar ekanligi va ular mustamlakachilar manfaatlariga xizmat qiladigan qurollar ekanligini topadi. Imkoniyatimizga muvofiq, biz ulardan baʼzi bir misollar keltirish bilangina kifoyalanmoqchimiz.

Oʻz taqdirini oʻzi hal etish huquqi;
Ularning taʼriflashicha, bu huquq borasida har qanday xalq  oʻz davlatining boshqaruv shaklini oʻzi aniqlay oladi.

 Ammo biz vokeda buning butunlay teskarisini guvoxi boʻlib turibmiz. Masalan, Suriya xalqi islomiy boshqaruv tizimi boʻlgan Xalifalikka jiddiy intilishni boshlaganda, bir tarafdan AQSh rahbarligi ostidagi koalitsiya, ikkinchi tarafdan Rossiya yetaklagan toʻda til biriktirib, (IShID bahonasida) xalqni qirgʻinbarot qildi. Natijada, 500 000 ziyod odam halok boʻlib, 5 milliondan oshiq odam qochoqlarga aylandi (bu rasmiy statistikada qayd qilinganigina).

Adolatli va qulay shart-sharoitlariga ega boʻlgan mehnat qilish huquqi
Bu huquq ham xorlangan xalqni ovuntiruvchi gap boʻlib, aslida esa ezuvchi “tuzoq” ekanligini voqelik koʻrsatib turipti. Masalan, Frantsiyada kiyim tikuvchi soatiga 10 yevro oladi, demakki 8 soatlik ishchi kuni uchun  80 yevro, yaʼni 6 400 som topadi. Uning aksi oʻlaroq, Qirgʻizistonda kiyim tikuvchi 8 soatgina dam olib, 16 soat boʻyi ishlab kuniga 2 000 som topadi xolos. Shuni adolatli va qulay shart-sharoitlariga ega boʻlgan mehnat qilish huquqi deb aytish mumkinmi axir?

Ijtimoiy taʼminlanish huquqi
Bu degani muhtoj odamlarning davlat tomonidan pensiya va nafaqalar bilan taʼminlanishidir. Bu huquq natijalarini ham misollarda qoʻrib chiqamiz;

 Masalan, oʻsha Frantsiyada oʻrtacha pensiya 1 300 yevro, yaʼni 104 ming somga barobar.  Qirgʻizistonda esa oʻrtacha pensiya 5 100 som. Bundan tashqari, Jahon banki kabi xalqaro tashqilotlar qarzlar transhi uchun bizning xuqumatlardan pensiya, posobiye, ish haqqi hajmini pasaytirishni, kommunal xizmat toʻlovlarini esa koʻtarishni talab qilishadi. Buning ustiga ustak, davlat ichida ham ulkan ijtimoiy farq bor. Masalan, eks-prezidentning pensiyasi 100 ming som atrofida boʻlsa, umrbod ter toʻkkan dehqonning pensiyasi 5 ming som. Eks-prezidentga bunday “mukofot” bizning xisobimizdan, halqini mustamlakachilarga qul kilib berganligi uchun beriladi! Ijtimoiy taʼminlash huquqining “samarasi” mana shudir!

Hech kim qullikda saqlanmasligi va majburiy mehnatga majburlanmasligi;
Rasman “qullik bartaraf etilgan” deb daʼvo qilinganiga qaramasdan, voqeda qullik hali ham mavjuddir. Bunga odam savdosi kabi qullik qoʻrinishlarini misol keltirishimizning oʻzi kifoyadir. Statistikaga murojaat qilsak, jahon boʻyicha bugungi kunda 36 mln odam qullik holatida yashaydi. Har yili 4 mln odam qullikka sotiladi. Uning 90%i Osiyo va Afrika davlatlariga tegishli. Rasmiy taqiqlanganga qaramay amalda odam savdosidan derjavalar xoʻjayinlari boʻlmish yirik kapitalistlar manfaatdordir. Shuning uchun ham bu jinoiy savdo “gullab-yashnab” bormoqda. Ayniqsa, imperialistlar oʻzlari keltirib chiqargan mahalliy urushlar paytida ularning odam savdosi avjiga chiqadi. Masalan, AQSh va Xitoyning nufuz talashishlari tufayli keltirib chiqarilgan Mьyanma urushida yuzlab rohinja musulmonlari butparastlarga sotib yuborildi.

Etnik va diniy ozchiliklar xuquqlari
Bu “huquqlar” ham imperialistlarning oʻzaro nufuz talashishlariga xizmat qiladi. Masalan, Rossiyadagi rus-chechen urushida ruslarga qarshi kurashgan harakatlarni gʻarbliklar “ozodlik harakatlari” deb nomlashdi va “mustaqillik”ga erishishga haqqi bor ozchilik deya sifatlashdi. Buning aksi oʻlaroq Rossiya ularni “separatistlar” va “terrorchilar” deb, qirgʻinbarot qildi. Shunga oʻxshash holat hozir Xitoyda ham kuzatilmoqda. AQShning Xitoyga qarshi “ozchiliklar” masalasini ishga solishidan xavfsirab Xitoy hukumati uygʻur, qazoq va qirgʻiz millatidagi musulmonlarga nisbatan repressiv siyosatini koʻllab yubordi. Xitoy BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy aʼzosi boʻlgani bois, u bunday zulmu sitamini hech kimdan tap tortmay amalga oshirib kelyapti.

 Ey musulmonlar, mustamlakachi davlatlar mana shunday xalqaro tashkilotlar yuklab koʻygan majburiyatlar vositasida bizning ustimizdan hukmronlik kilib kelishmoqda. Ammo, ular bu vositalarini turli xil niqoblar bilan yashirishadi. Bunday adolatsizliklar boisi goʻyo oʻzimizning yalqovligimizda yo hokimlarimizning yovuzligida qilib koʻrsatishadi. Aslida esa bularning haqiqiy sababi oʻz oʻlkamizga tegishli masala boʻlmay, balki ular butun dunyo boʻylab hukm surayotgan buzuq tuzumning “samaralari”dir. Mustamlakachilar butun jahonni xalqaro tashkilotlar tuzogʻi bilan oʻrab olib, kapitalizm sistemasi ostida qonimizni soʻrib yotishibdi.

 Ey musulmonlar, oʻlkalarimizning BMT kabi xalqaro tashkilotlarga aʼzo boʻlishligi, ularning majburiyatlariga bosh egishligi va ular tayinlagan marosimlarni bayram sifatida nishonlashligi, jumladan inson huquqlari kunini belgilash – bularning hammasi haromdir.

 Ey musulmonlar, nafaqat musulmonlarni, balki butun bashariyatni kapitalistlar zulmidan roshid Xalifalikkina ozod qila oladi. Faqat ugina imperialistlarning oʻrgimchak tuzoqlaridek xalqaro tashkilotlarini chilparchin qilib, kapitalizm zulmatlaridan Islom adolatiga olib chiqadi. Shuning uchun, butun musulmonlar birdamlikda Xalifalik soyasida birlashish yoʻlida fikriy-siyosiy kurashga kirishingiz!

يَاأَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا اسْتَجِيبُوا لِلَّهِ وَلِلرَّسُولِ إِذَا دَعَاكُمْ لِمَا يُحْيِيكُمْ

“Ey moʻminlar, Alloh va Rasuli sizlarni abadiy hayot beradigan narsaga daʼvat qilgan paytda uni qabul qilinglar” [8:24]

Hizb ut-Tahrirning –Qirgʻizistondagi matbuot boʻlimi raisi Abdulhakiym

08. 12. 2018.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.