Mattis: Rossiya yana bir bor AQSh saylovlariga taʼsir oʻtkazishga harakat qildi

753
0

Mattis: Rossiya yana bir bor AQSh saylovlariga taʼsir oʻtkazishga harakat qildi

AQSh mudofaa vaziri Jeyms Mattis Rossiyaning AQSh Kongress sayloviga taʼsir oʻtkazishga uringanlikda aybladi. Bu haqida “The Hill” gazetasi maʼlum qildi.

Gazeta AQSh mudofaa vazirining Kaliforniya shtatidagi Ronald Reagan kutubxonasida soʻzlagan nutqini chop qildi, unda shunday deyiladi: “Noyabr oyida oʻtgan saylovda (Rossiya prezidenti Vladimir Putin) yana bir bor suvni loyqalatishga  urinib koʻrdi. Biz bu mavzu ustida tinimsiz urinayotganiga guvoh boʻlib kelyapmiz”.

Biroq AQShning maxsus xizmat vakillariga saylovlarga ovoz berish tizimini buzishga urinishning hech qanday alomatlari yoʻqligini bildrishmoqda. Ularning taʼkidlashicha, maxsus dasturlar oʻrnatish va kadrlar tayyorlash kabi avvalgi tadbirlar “sezdirmay aralashish”ga yoʻl qoʻymaydi.

Trampning 2016 yilda AQSh prezidenti etib saylanishida ham Rossiyaning qoʻli borligi haqidagi daʼvolar mavjud. Ruslar esa bu daʼvoni rad etib kelishiga qaramay, Britaniya Trampning ruslar bilan aloqasini fosh qildi. Bu haqida “Al-Vaʼy” jurnalining 381 sonida jumladan shunday yozadi: (qisqartirilgan holda keltirildi)

AQShdagi soʻnggi (2016 yil noyabr)da boʻlib oʻtgan prezidentlik saylovi kampaniyasi davrida britaniyaliklar Tramp kampaniyasini ruslar bilan bogʻlovchi ipni topib olishdi. Gap shundaki, Britaniyada chiqadigan “The Guardian” gazetasiga koʻra, Britaniya hukumatiga qarashli “GCHQ” razvedka agentligi AQSh prezidenti Donalьd Tramp guruhining ruslar bilan aloqada boʻlganini birinchi boʻlib fosh qilgan.

Britaniyaliklar Tramp va uning saylov kampaniyasining Rossiya (Putin) bilan aloqa qilganiga hamda Rossiyaning ayni saylovga aralashganiga oid dalillar borligiga Amerikadagi jamoatchilik fikrini (siyosiy, axborot va razvedka doiralarini) ishontirishga muvaffaq boʻlishdi. Buning ortidan ayni mavzu boʻyicha haqiqatni aniqlash jarayoni boshlanib ketdi va ommaviy axborot vositalari, asosan, AQSh axborot vositalari Tramp maʼmuriyati, Oq uy va boshqa yerdagi uning yaqinlari hamda ularga oid barcha munosabatlar mavzusidan boʻshamay qoldi. Tramp hatto ommaviy axborot vositalaridan oʻzini olib qochadigan, omma bilan bogʻlanishda Tvitterdan foydalanadigan boʻlib qoldi!! Kongressdagi Demokratlar Respublikachi hamkasblarini Trampning yaqinlari bilan rus razvedkachilari oʻrtasidagi aloqalar va Moskvaning AQSh prezidentligi saylovlariga aralashuvi boʻyicha tergovning paysalga solinishi oqibati yomon boʻlishidan ogohlantirishdi.

Tramp qudratga kelgandan boshlab Oq uy va AQSh xavfsizlik xizmatida toʻxtovsiz ishdan boʻshatish va isteʼfo berishlar kuzatilmoqda. Bu esa, tergov-surishtiruv oqibatida Tramp va uning guruhi taqdiri jiddiy xavotir ostida qolayotganiga ochiq dalolat qiladi. Chunki ruslar bilan qilingan yashirin aloqalar Trampning ikki nafar eng yaqin yordamchilarining ishdan boʻshashiga olib keldi. Bundan tashqari, Trampning oʻzi ishdan boʻshatganlar ham, uning siyosatidagi chalkashlik sababli yoki bunday siyosat oqibatlaridan qoʻrqib isteʼfo berganlar ham bor. Zotan, ayni mavzu borasida jurnalistik surishtiruvlar va AQSh tergov xizmatlarining tergov-surishtiruvlari hamon davom etmoqda. 2017 yil mart oyida Nьyu-York Tayms gazetasi Tramp muvaffaqiyat qozongan saylovga Rossiyaning aralashganligi toʻgʻrisida oʻtkazilayotgan tergov haqida bir hisobot chop etdi. Hisobotga koʻra, oʻtkazilayotgan tergovda AQSh Federal politsiyasining “Kremlь oʻzining razvedka amaliyotlarini xaker sxemalari bilan birlashtirgan”, degan gapi ham oʻrin olgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.