Oʻzbekiston Afgʻonistondagi vaziyat boʻyicha Rossiya va Amerika bilan aloqa qilmoqda

869
0

Oʻzbekiston Afgʻonistondagi vaziyat boʻyicha Rossiya va Amerika bilan aloqa qilmoqda

Afgʻoniston masalasini hal etish boʻyicha Oʻzbekiston hukumati Rossiya va AQSh bilan aloqasini davom ettirmoqda. Bu haqida Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligining rasmiy sayti orqali berilgan bayonotda eʼlon qilindi

 “Afgʻoniston masalasini hal etish boʻyicha Xitoy, Pokiston, Eron, Amerika Qoʻshma Shtatlari, Rossiya, Hindiston va mintaqadagi boshqa davlatlar bilan, shuningdek, musulmon dunyodagi eng yirik davlatlar bilan aloqalarimiz davom etmoqda”, deyiladi Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Abdul Aziz Komilov tarafidan berilgan rasmiy bayonotda.

Abdul Aziz Komilov Oʻzbekistonning Kobul bilan kelishgan holda Afgʻonistondagi ichki siyosiy kuchlar rahbarlari bilan hamda Tolibon harakati vakillari bilan muzokaralar oʻtkazganini qoʻshimcha qildi. Komilovga koʻra, Oʻzbekiston oʻzini Afgʻonistonda tinchlik va barqarorlik oʻrnatishning bir qismi deb hisoblaydi.

9 Noyabrь kuni Tolibon harakati va Afgʻoniston tinchlik Oliy Kengashining Siyosiy byurosi vakillari ishtirok etgan uchrashuvga Moskva mezbonlik qilgan edi. Kobul hukumati Moskvada oʻtgan mazkur uchrashuvning Afgʻoniston rasmiylari bilan Tolibon oʻrtasidagi toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar boshlashga olib borishiga umid bildirgan edi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.